Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Hhjg



Opratsion tizimlari 

F.Pulatov 
OPERATSION TIZIMLAR 
«Informatika va Axborot texnologiyalari» fanlari bo‘yicha
o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar uchun 
Toshkent, 2006 


Opratsion tizimlari 

«FAN VA TEXNOLOGIYA» – 2006 
Operatsion tizimlari. I-II qism. Toshkent., «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006 y., 142 bet. 
 «Fan va texnologiya» nashriyoti, 2006 y. 
 
I QISM 
HISOBLASH TIZIMINING TARKIBI 
Hisoblash tizimining tarkibi konfiguratsiya deb ataladi. Hisoblash texnikasining apparat va 
dasturiy vositalarini alohida qarab chiqish qabul qilingan. Shunga muvofiq tarzda hisoblash tiz-
imlarining apparat konfiguratsiyasi va ularning dasturiy konfiguratsiyalari alohida ko‘rib chiqi-
ladi. Buxgalteriya tizimi uchun xos bo‘lgan bunday konfiguratsiyalarni yuqorida sanab 
o‘tilganlaridan tashqari boshqa dasturiy vositalar yordamida ham yaratish mumkin. Bo‘lish
tamoyili informatika uchun alohida ahamiyatga ega, chunki juda ko‘p hollarda aynan bir xil va-
zifalarni hal qilishda apparat vositalaridagi, xuddi shunday tarzda dasturiy vositalar bilan ham 
amalga oshirish mumkin. Dasturiy yechimni tanlash mezoni unumdorlik va samaradorlikka
xizmat qiladi. Odatda, apparat yechimlari o‘rta hisobda olganda qimmatroqqa tushadi, ammo 
dasturiy yechimlarni amalga oshirish esa xodimlardan ancha yuqoriroq malakani talab qiladi. 
 
Dasturiy ta’minot 
Dasturlar – buyruqlar ketma-ketligini tartibga keltiruvchi hisoblanadi. Hatto birinchi qara-
ganda dasturlar uskunalar bilan o‘zaro harakat (aloqa)da bo‘lmaganidek, kiritish uskunasidan 
hech qanday ma’lumotni talab qilmaydigandek, chiqish uskunasidan hech qanday ma’lumotni 
chiqarishni amalga oshirmayotgandek ko‘rinsa ham, baribir, uning ishi kompyuterning apparat 
uskunalarini boshqarishga asoslangan. 
Kompyuterdagi dasturiy va apparat ta’minoti chambarchas aloqada, ya’ni o‘zaro
hamkorlikda ishlaydi. Biz bu ikki toifani alohida ko‘rib chiqayotganimizdan qat’iy nazar, ular 
orasida dialektik aloqa mavjudligini va ularning har birini ko‘rib chiqish hech bo‘lmaganda 
shartli ekanligini unutmasligimiz kerak.
Hisoblash tizimining dasturiy ta’minotining tarkibi dasturiy konfiguratsiya deb ataladi. 
Dasturlar orasida, xuddi tabiiy qismlar va bloklar o‘rtasida bo‘lganidek, o‘zaro aloqa mavjud. 
Ko‘pgina dasturlar nisbatan ancha pastroq darajadagi dasturlarga tayanib ishlaydi, ya'ni bu 
o‘rinda biz dasturlararo interfeys haqida gapirishimiz mumkin. Bunday interfeysning mavjud 


Opratsion tizimlari 

bo‘lish imkoniyati ham texnik shart-sharoitlar va o‘zaro hamkorlik harakatlarining mavjudligi, 
amaliyotda esa, u o‘zaro aloqada bo‘lgan bir necha pog‘onali ta’minotning taqsimlanishi bilan 
ta’minlanadi. Keyingi har bir daraja o‘zidan oldingi darajaning dasturiy ta’minotiga tayanadi. 
Bunday bo‘laklab hisoblash texnikasi bilan ishlashning dastur o‘rnatishidan boshlab to amalda 
foydalanish va unga texnik xizmat ko‘rsatishgacha bo‘lgan hamma bosqichlar uchun qulaydir. 
Shunga ham ahamiyat berish kerakki, yuqori darajadagi barcha dasturiy ta’minotlar butun tiz-
imning funktsional ishlash qobiliyatini oshiradi. Masalan, tayanch darajada dasturiy ta’minotni 
hisoblash tizimi ko‘plab ishlar (funksiyalar)ni bajarish imkonini bermaydi, ammo tizimli dasturiy 
ta’minotni o‘rnatish imkoniyatini yaratadi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin