Opratsion tizimlari
14
8. Hisoblash texnikasi vositalarining dasturiy va axborot ta’minotlari o‘rtasidagi qanday
umumiylik va farq tomonlari bor?
DOS operatsion tizimi haqida boshlang‘ich
ma’lumotlar
Operatsion tizim nima?
Operatsion tizim – kompyuter yoqilganida yuklanadigan dasturdir.
U foydalanuvchi bilan
muloqotga kirishadi, kompyuterning resurslari (tezkor xotira, disklardagi joylar va hokazolar)ni
boshqarishni amalga oshiradi, boshqa dasturlarni bajarish uchun ishga tushiradi. Operatsion tiz-
imi foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga kompyuterning uskunalari bilan aloqa qilishning
qulay usuli (interfeys)ni ta’minlaydi.
Operatsion tizimining zarurligining asosiy sabablari, kompyuter vositalari bilan ishlash va
resurslarini boshqarish uchun eng sodda amallar - bu
eng quyi darajadagi amallardir, shuning
uchun foydalanuvchiga va amaliy dasturlarga zarur bo‘lgan harakatlar bir necha yuzlab yoki
minglab shunday amallardan iborat bo‘ladi.
Masalan, magnit disklardagi axborot to‘plovchi diskovodning dvigatelini qanday qilib
yoqish, o‘chirishni, ma’lum silindrga o‘quvchi boshchani o‘rnatish, ma’lum o‘quvchi boshchani
tanlash, kompyuterdagi diskning yo‘lakchasidagi axborotni o‘qish
va hokazo kabi amallarni
"tushunadi". Hatto bir disketdan ikkinchisiga faylning nusxasini ko‘chirish, kabi murakkab
bo‘lmagan amalni bajarish uchun ham (fayl – bu diskdagi yoki boshqa mashinaviy axborot
tashuvchidagi axborotlar to‘plami) diskovodlarga taalluqli buyruqlarni ishga tushirish,
ularning
ijrosini tekshirish, disklardagi fayllarni joylashtirish, jadvallaridan axborotni izlash hamda ular-
ga ishlov berish va hokazolar bo‘yicha minglab amallarni bajarish lozim bo‘ladi. Vazifalar
quyidagilar tufayli murakkablashadi:
• disketalarning o‘nga yaqin formatlari mavjud va operatsion tizimi ularning hammasi bilan ish-
lay olishi kerak. Foydalanuvchi uchun turli formatdagi disketalar bilan ishlash mutlaqo bir xil
bo‘lishi kerak;
• disketalarda fayl ma’lum bir maydonni egallaydi, foydalanuvchi aynan qaysi uchastkalar ekan-
ligi haqida hech narsani bilmasligi kerak. Fayllarni joylashtirish jadvallarga xizmat ko‘rsatish,
ulardan axborot izlash, disklarda fayllar uchun joy ajratish bo‘yicha barcha ishlar operatsion tiz-
imi tomonidan bajariladi va foydalanuvchi bular haqida hech narsa bilmasligi mumkin.
Nusxa ko‘chirish dasturi ishlayotgan paytda
turli xildagi vaziyatlar, masalan, axborotni
o‘qish yoki yozish vaqtida uzulishlar, buzilishlar, nusxa ko‘chirilayotgan
fayl uchun disketada
Opratsion tizimlari
15
joy bo‘lmay qolishi va hokazolar kabi holatlar ro‘y berishi mumkin. Mana shunday barcha
vaziyatlar uchun tegishli xabarlar va to‘g‘rilovchi harakatlarni hisobga olib qo‘yish kerak
(masalan, 4-ilovaga qarang).
Operatsion tizim foydalanuvchidan bu murakkab va unga kerak bo‘lmagan tafsilotlarni
yashiradi va unga ishlashi uchun qulay bo‘lgan interfeysni taqdim etadi. Tizim, shuningdek, turli
yordamchi
harakatlar, masalan, fayllarni ko‘chirish yoki chop etishni ham bajaradi. Operatsion
tizim tezkor xotiraga hamma dasturlarni yuklashni amalga oshiradi, ular ishlay boshlashi bilan
boshqarishni
ularga topshiradi, bajarilayotgan dasturlarning so‘rovi bo‘yicha turli harakatlarni
bajaradi va tezkor xotirani yakunlangan dasturdan tozalaydi.
Odatda, IBM PC shaxsiy kompyuterni Microsoft firmasining MS DOS operatsion tizimi
yoki uning IBM firmasi tarqatadigan PC DOS varianti rahbarligida yo bo‘lmasa, Digital
Research firmasi (hozirgi Novel firmasining bo‘linmasi)ning MS
DOS operatsion tizimi bilan
qo‘shilib, o‘rin almashib ishlay oladigan DR DOS tizimi yoki IBM firmasining PC DOS
operatsion tizimi boshqaruvida ishlaydilar. Bundan buyon bu uchta operatsion tizimi ta'riflanadi
va bunda ularning hammasi bitta umumiy DOS so‘zi bilan ataladi.
Dostları ilə paylaş: