Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Hhjg

Tayanch daraja. Tayanch (bazaviy) dasturiy ta’minot dasturiy ta’minotning eng quyi dara-
jasidir. U tayanch apparat vositalari bilan o‘zaro hamkorlikda ishlash uchun javob beradi. Odat-
da, bazaviy dasturiy vositalar, tayanch unsurlar tarkibiga kiradilar va doimiy eslab qoluvchi 
uskunalar deb nomlanuvchi maxsus mikrosxemalarda saqlanadi. Dasturlar va ma’lumotlar 
doimiy eslab qoluvchi uskunalarning DEQU mikrosxemalariga ishlab chiqarish bosqichida yozib 
qo‘yiladi va hisoblash texnikasidan foydalanish jarayonida o‘zgartirilishi mumkin emas. Foyda-
lanish paytida tayanch dasturiy vositalarni o‘zgartirish texnik jihatdan maqsadga muvofiq 
bo‘lgan hollarda DEQU mikrosxemalari o‘rniga qayta dasturlangan doimiy eslab qoluvchi 
uskunalar qo‘llaniladi. Bunday hollarda DEQU ning mazmunini o‘zgartirish ishlarini bevosita 
hisoblash tizimining tarkibida bo‘lganidek (flesh-texnologiya), undan tashqarida ham program-
matorlar deb ataluvchi maxsus uskunalarda ham bajarish mumkin. 
Tizimli daraja. Tizimli daraja-o‘tish darajasi. Ushbu darajada ishlovchi dasturlar
kompyuter tizimining boshqa tayanch darajadagi dasturlari va bevosita apparat ta’minoti bilan 
o‘zaro aloqadorlik harakatlarini ta’minlaydi, ya’ni vositachilik vazifalarini bajaradi. 
Qisqasini aytganda, hisoblash tizimining foydalanish ko‘rsatkichlari ko‘p jihatdan mana shu 
darajadagi dasturiy taֹminotga bog‘liq. Masalan, hisoblash tizimiga yangi uskuna ulanayotganida 
tizimli darajada boshqa dasturlar uchun ushbu uskuna bilan o‘zaro aloqani ta’minlab turuvchi 
dastur o’rnatilishi lozim. Mukammal uskunalar bilan o‘zaro harakat uchun javob beruvchi aniq 
dasturlar uskunalarning drayverlari deb ataladi. Ular tizimli darajaning dasturiy ta’minoti tarkib-
iga kiradi. 
Tizimli daraja dasturlarining boshqa guruhi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqa (harakat) 
uchun javob beradi. Aynan shu dasturlar tufayli foydalanuvchi hisoblash tizimiga ma’lumotlar 
kiritish, uning ishini boshqarish va o’ziga qulay shakldagi natijalarni olish imkoniyatiga ega 
bo‘ladi. Bu dasturiy vositalar foydalanuvchining interfeysini ta’minlovchi vositalar deb ataladi. 


Opratsion tizimlari 

Ish joyida kompyuter bilan ishlashning qulayligi va mehnat unumdorligi bevosita ularga 
bog‘liqdir. 
Tizimli daraja dasturiy ta’minotining yig‘indisi kompyuter amallar tizimining yadrosini 
tashkil qiladi. Operatsion tizim tushunchasini keyinroq ko‘rib chiqamiz, bu yerda esa faqat shuni 
ta’kidlaymizki, agar kompyuterga tizimli darajadagi dasturiy ta’minot o‘rnatilgan bo‘lsa, u
yuqoriroq darajadagi dasturlarni o‘rnatishga, dasturiy vositalarning uskunalar bilan o‘zaro
hamkorlikda ishlashga va eng muhimi foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada bo‘lish imkonini be-
radi, ya’ni operatsion tizim yadrosining mavjudligi odamning hisoblash tizimi bilan amaliy ish-
lashiga imkoniyat yaratib beradi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin