Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Xizmat ko‘rsatish darajasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61
Hhjg

Xizmat ko‘rsatish darajasi. Bu darajadagi dasturiy ta’minot tayanch darajadagi dasturlarda 
bo‘lganidek, tizimli darajadagi dasturlar bilan ham o‘zaro aloqada harakat qiladi. Xizmatchi 
dasturlar (ularni, shuningdek, utilitillar deb ham ataladi)ning asosiy vazifasi kompyuter tizimini 
tekshirish va sozlash bo‘yicha ishlarni avtomatlashtirishdan iborat. Ko‘p hollarda ular tizimli 
dasturlar bajarayotgan ishlar doirasini kengaytirish yoki yaxshilash uchun ishlatiladi. Xizmatchi 
dasturlarning ayrimlari (odatda, bular xizmat ko‘rsatish dasturlari bo‘ladi)ni oldinroq operatsion 
tizimlar tarkibiga qo‘shilgan, ammo xizmatchi dasturlarning ko‘pchiligi amallar tizimi uchun 
tashqi dasturlar bo‘lib hisoblanadi va uning vazifalarini kengaytirish uchun xizmat qiladi. 
Xizmatchi dasturlarni ishlab chiqish va ulardan foydalanishda ikkita muqobil yo‘nalish 
mavjud. Operatsion tizim bilan integrallashish va avtonom ishlash. Birinchi holatda xizmat 
dasturlari tizimli dasturlarda amaliy ish uchun qulayroq qilib, ularning iste’mol xususiyatlarini 
o‘zgartirish mumkin. Ikkinchi holatda esa tizimli dasturiy ta’minot bilan kuchsizroq bog‘langan, 
ammo foydalanuvchiga ularning apparat va dasturiy ta’minot bilan o‘zaro aloqasi hamda hara-
katini alohida sozlash uchun ko‘proq imkoniyat beradi. 
Amaliy daraja. Amaliy darajadagi dasturiy ta’minot ma’lum ish o‘rnida aniq topshiriqlar 
bajaruvchi amaliy dasturlar majmuasidan iborat. Bu topshiriqlarning spektori ishlab chiqarishdan 
to ijodiygacha va ko‘ngilochar topshiriqlargacha juda kengdir. Hisoblash texnikasining tadbiq qi-
linishi mumkin bo‘lgan sohalarining ulkan funktsional (harakat) diapazoni turli xildagi faoliyat 
turlari uchun amaliy dasturlarning mavjudligi bilan bo‘langan. 
Amaliy va tizimli dasturiy ta’minotlar o‘rtasida bevosita o‘zaro aloqa mavjud bo‘lgani 
uchun (ularning birinchisi ikkinchisiga tayanadi) shuni ta’kidlash kerakki, hisoblash tizimining 
universalligi, amaliy dasturiy ta’minotdan foydalanishning qulayligi va kompyuterning
funktsional (harakat, vazifa bajarish) imkoniyatlarining kengligi foydalanilayotgan amallar tiz-
imining tipiga hamda uning yadrosi qanday tizimli vositalarni o‘z ichiga olganligiga bog‘liq. 


Opratsion tizimlari 

Operatsion tizimi uch qismdan iborat bo‘lgan inson-dastur-uskuna majmuining o‘zaro aloqa va 
harakatini qanday ta’minlashga ham bog‘liqdir. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin