Opratsion tizimlari
6
Rastr muharrirlari bilan yangi tasvirlar yaratish imkoniyatlari cheklangan va har doim ham
qulay emas. Ko‘pchilik hollarda rassomlar an’anaviy usullardan foydalanuvchilar, undan rasmni
kompyuterga maxsus apparat vosita (skaner)lari yordamida kiritib,
ishni rastr muharriri
yordamida maxsus effektlar kiritish yo‘li bilan tugallashni afzal ko‘radilar.
Vektor muharrirlari rastr muharrirlaridan tasvir haqidagi ma’lumotlarni taqdim qilish usuli
bilan ajralib turadi. Vektor tasvirining elementar ob’ekti nuqta emas chiziqdir. Bunday yon-
dashuv chiziqlar shakli, uni tashkil etuvchi ayrim nuqtalarning rangi
haqidagi axborotga qara-
ganda ko‘proq ahamiyatga ega bo‘lgan chizmalar va grafiklar bilan ishlash uchun xos. Vektor
muharrirlaridagi har bir chiziqqa uchinchi tartibdagi matematik qiyshiq chiziq sifatida qaraladi
va shunga muvofiq u nuqtalarning
kombinatsiyasi emas, balki matematik formula sifatida taqdim
etiladi (kompyuterda bu formulaning raqamli koeffitsienti saqlanadi). Bunday ifodalash rastr
shaklidagiga qaraganda ixcham bo‘lgani bois kamroq joyni egallaydi, ammo istalgan ob’ektning
qurilishi ekranda nuqtalarning oddiygina aks
ettirilishi bilan bajarilmaydi, balki qiyshiq
chiziqning parametrlarini ekran yoki bosma tasvirining koordinatalariga bog‘lab qayta hisoblash
kuzatiladi. Shuning uchun vektor grafikasi bilan ishlash unumdorligi yuqori darajadagi
hisoblashlarni talab qiladi.
Elementar ob’ekt (chiziq)lardan eng sodda geometrik ob’ektlar (primitiv-jo‘n ob’ektlar)
yaratiladi. O‘z navbatida ulardan tugal kompozitsiyalar tuziladi. Vektor grafikasi vositalari bilan
bajarilgan badiiy bezak (illyustratsiya) bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq harakatda bo‘lgan o‘n
minglab eng sodda ob’ektlardan iborat bo‘lishi mumkin.
Vektor muharrirlari tasvirlarni yaratish uchun qulaydir, lekin tayyor rasmlarga ishlov berish
uchun amalda ulardan foydalanilmaydi. Ulardan reklama sifatida keng qo‘llaniladi,
ularni mat-
baa nashrlarining muqovalarini bezashda va badiiy ishlov berishda, chizmachilikka yaqin
bo‘lgan hamma joyda qo‘llash mumkin.
Uch o‘lchamli grafika muharrirlari uch o‘lchamli kompozisiyalarni tuzish uchun ishlatadi.
Ular ikkita o‘ziga xos xususiyatga ega.
Birinchidan, ular aks ettirilayotgan ob’ektlar yuzasi
shakllarini yoritish manbalarining xususiyatlari bilan o‘zaro harakat aloqasini sharoitga mos-
lashtirib boshqarish keng imkon beradi, ikkinchidan uch o‘lchovli animatsiya yaratish imkonini
beradi. Shuning uchun uch o‘lchovli grafika muharrirlarini ko‘pincha 3D-animatorlar ham deb
ataladi.
Dostları ilə paylaş: