Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61
Hhjg

Ekspert tizimlari. Bu tizimlar bilimlar bazasida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni tahlil qilish 
va foydalanuvchilarning so‘rovlariga ko‘ra, tavsiyalar berishga mo‘ljallangan. Bunday tizimlarni 
boshlang‘ich ma’lumotlar yaxshi shakllanayotgan (formallashayotgan), ammo qaror qabul qilish 
uchun keng miqyosdagi maxsus bilimlar talab qilingan hollarda qo‘llaniladi. Ekspert tizimlari 
ishlatiladigan o‘ziga xos asosan kuchsiz formallashtirilgan sohalar xususan huquqshunoslik, tib-
biyot, dorishunoslik, kimyo, geologiya va h.k sohalar kiradi. Kasallik belgilarini yig‘indisiga 
ko‘ra, ekspert tizimlarda tashxis qo‘yish, dori-darmonlar, ularning dozasi (miqdori)ni va davo-
lash kursining dasturini belgilash yordam beradi. Voqea belgilarining yig‘indisiga ko‘ra, huquqiy 


Opratsion tizimlari 

tizimlar unga huquqiy baho berish, ayblovchi tomonda bo‘lganidek, himoya tomonda ham hara-
kat qilish tartibini taklif qilishlari mumkin. 
Ekspert tizimlarining o‘ziga xos xarakterli tomoni, o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodirligidadir. 
Boshlang‘ich (dastlabki) ma’lumotlar bilimlar bazasida faktlar shaklida saqlanadi, ular orasida 
mutaxassis-ekspertlar yordamida munosabatlarning ma’lum bir tizimi o‘rnatiladi. Agar ekspert 
tizimini testdan o‘tkazish paytida aniq masalalar bo‘yicha noto‘g‘ri tavsiyalar berayotgani yoki 
umuman xulosa berolmasligi aniqlansa, bu yo uning bazasida muhim omillarning yo‘qligini yoki 
munosabatlarning mantiqiy tizimida buzilishlar borligini bildiradi. U holda ham, bu holda ham 
ekspert tizimi ekspertuchun so‘rovlarning yetarlicha to‘plamini shakllantiradi va o‘z sifatini o‘zi 
avtomatik tarzda ko‘tara oladi. 
Ekspert tizimlarini qo‘llash ilmiy-texnik faoliyatning bilimlar muhandisligi deb ataluvchi 
alohida sohasiga bog‘liqdir. Bilimlar muhandislari bular ekspert tizimini ishlab chiqaruvchilar 
(dasturchilar) va fan-texnikaning mukammal sohalaridagi yetakchi mutaxassislari o‘rtasidagi 
bo‘g‘in sifatida qaraluvchi, alohida malakali mutaxassislardir. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin