Opratsion tizimlari
13
Hisoblash tizimlarini axborot jihatdan va matematik ta’minlash haqida
tushuncha
Hisoblash texnikasi vositalarini apparat va dasturiy ta’minlash bilan birga ayrim hollarda
axborot jihatdan ta’minlashni ham ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Axborot ta’minoti de-
ganda dasturlar va ushbu dasturlarning ishlashi uchun zarur bo‘lgan
va oldindan tayyorlangan
ma’lumotlarni yig‘indisi tushuniladi.
Misol uchun, tahrir qilinadigan matndagi orfografiya (to‘g‘ri yozish)ni avtomatik tarzda
tekshirish tizimini ko‘rib chiqamiz.
Uning ishi shundan iboratki, bunda boshlang‘ich matnning
leksik birliklari ma’lumotlarning etalon massivi (lug‘at) bilan solishtiriladi.
Bunday holda tiz-
imning muvaffaqiyatli ishlashi uchun apparat va dasturiy ta’minotdan boshqa, tashqaridan ula-
nadigan lug‘atlarning maxsus to‘plamiga ega bo‘lish zarur bo‘ladi. Bu hisoblash texnikasini ax-
borot jihatdan ta‘minlashga misoldir.
Ixtisoslashtirilgan kompyuter tizimlari (avtomobillar, kemalar,
raketalar, samolyotlar,
kosmik uchish apparatlarining bort kompyuterlari)da dasturiy va axborot ta’minotining yig‘indisi
matematik ta’minot deb ataladi. Odatda, u
PZU mikrosxemasiga sifatli yoziladi va faqat
PZU ni
almashtirish yoki uni maxsus uskunada qayta dasturlash orqaligina o‘zgartirilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: