O‘rnatish monitorlari. Bu toifadagi dasturlar dasturiy ta’minotning o‘rnatilishi ustidan
nazorat qilish uchun mo‘ljallangan. Ushbu dasturiy ta’minotga zarurat shu bilan bog‘liqki, turli
toifadagi dasturiy ta’minotlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatishi mumkin. Vertikal (darajalar
o‘rtasidagi) aloqalar barcha kompyuterlarning ishlashi uchun zarur shartdir. Gorizontal (darajalar
ichidagi) aloqalar aynan bir xil resurslarning turli dasturiy vositalar tomonidan birgalikda ishlati-
lishi tamoyilini qo‘llab-quvvatlovchi, amallar tizimi bilan ishlovchi kompyuterlar uchun xarak-
terlidir. U holda ham, boshqa hollarda ham dasturiy ta’minot o‘rnatilayotganida yoki olib tash-
lanayotganida boshqa dusturlarning ish qobiliyatida buzilishlar ro‘y berishi mumkin.
O‘rnatish monitorlari o‘rab turgan dasturiy muhitning holati va unda ro‘y berayotgan
o‘zgarishlarni kuzatadi, yangi aloqalarning paydo bo‘lishini o‘rganadi hamda bayonlashtiradi va
dasturlar o‘rnatilishi natijasida yo‘qotilgan aloqalarni tiklash imkonini beradi.
Dasturlarni o‘rnatish va olib tashlashni boshqarishning sodda vositalari, odatda, amallar tiz-
imi tarkibiga kiradi va dasturiy ta’minotning tizimli darajasida joylashtiriladi, ammo ular
kamdan-kam hollardagina yetarlicha bo‘ladi. Shuning uchun yuqori darajada ishonchlilik talab
qilinadigan hisoblash texnikasi vositalarida qo‘shimcha xizmat dasturlaridan foydalaniladi.
Kommunikatsiya vositalari (kommunikatsion dasturlar) Elektron aloqa va kompyuter tar-
moqlari paydo bo‘lishi bilan bu toifaga doir dasturlar juda katta ahamiyatga ega bo‘lib
bormoqda. Ular uzoqda joylashgan kompyuterlar bilan ulanish imkonini beradi, elektron
pochtaning xabarlarini oshirish (etkazish)ga, telekonferensiyalar (yangiliklar guruhlari) bilan ish-
lashga xizmat ko‘rsatadi, faksimal xabarlarini jo‘natishni ta’minlaydi va kompyuter tarmoqlariga
bog‘liq ko‘plab boshqa amallarni bajaradi.