Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61
Hhjg

DOS versiyalari 
IBM PC kompyuterlari uchun birinchi versiya MS DOS 1.0 Microsoft firmasi tomonidan 
1981 yili yaratilgan. Undan keyin IBM PC kompyuterlari takomillashib borgan sari DOS
kompyuterlarning yangi imkoniyatlarini hisobga oluvchi va foydalanuvchiga yangi qulayliklarni 
taqdim etuvchi yangi versiyalari chiqarildi. 
1987 yili Microsoft firmasi MS DOS operatsion tizimining amalda keyingi 3-4 yilga
standartga aylangan 3.3 (3.30) versiyani ishlab chiqdi. Bu versiya juda ixcham va yetarli
darajadagi imkoniyatlar to‘plamiga ega bo‘lganidan "standart IBM PC AT" da hozir ham undan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Ammo tezkor xotirani quvvati bir necha megabayt bo‘lgan 
quvvati balandroq kompyuterlarda MS DOS operatsion tizimining (5.0 va 6.0) versiyalaridan 
foydalanish maqsadga muvofiq. Bu versiyalar quvvati 640 Kbaytdan ortiq tezkor xotiradan sa-
marali foydalanish uchun mo‘ljallangan zarur vositalarga ega, 32 Mbaytdan ortiq mantiqiy disk-
lar bilan ishlash, odatdagi xotirada amaliy dasturlar uchun joy ochib, DOS va uskunalarning 
drayverlarini kengaytirilgan xotiraga ko‘chirish va boshqa imkoniyatlarni yaratadi. MS DOS 6.0 
versiyasi o‘z ichiga disklardagi axborotni arxivlash vositasi (DoubleSpace), zaxira nusxalarini 
yaratish dasturi, virusga qarshi dastur va boshqa mayda holatlarni o‘z ichiga oladi. Ammo bu 
versiyada axborotni qabul qilish dasturlari hamma vaqt ham bexato ishlayvermaydi, bu ayrim 
foydalanuvchilarda ma’lumotlarning yo‘qotilishiga olib keladi. Bu muammolarni va boshqa
xatolarni bartaraf etish uchun Microsoft firmasi MS DOS ning 6.20 versiyasini chiqardi. Bu
versiya MS DOS ning 6.0 versiyasiga qaraganda barqaror, ishonchliroq va tezroq ishlaydi hamda o‘z 
ichiga uncha katta bo‘lmagan bir qator mukammalliklarga ega. Ammo MS DOS da Steck Elektronic 
firmasining potensiali buzilgani haqidagi sud qarori Microsoft firmasini avval MS DOS 6.21
versiyasini chiqarishga majbur qildi. Undan patentni buzgan, DoubleSpace disklarini dinamik si-
quvchi dastur olib tashlangan. Bizning fikrimizcha, bu ikki versiyadan afzalrog‘i – MS DOS ning 
6.20 versiyasidir. 
Foydalanuvchilarning ko‘pchiligi Digital Research (hozirgi vaqtda - bu Novell firmasining 


Opratsion tizimlari 
20 
bo‘linmasi) firmasining DR DOS operatsion tizimining 6.0 yoki 7.0 versiyalarini yoki IBM
firmasining PS DOS operatsion tizimini ishlatadilar. DOSning bu versiyalari MS DOS
versiyalariga qaraganda ko‘proq qulayliklarga ega, lekin ular bilan har jihatdan ham moslashgan 
emas. Masalan, axborot qismining ularda ishlatiladigan vositalari bir-biriga mos emas, birining 
o‘rnini ikkinchisiga almashtirsa birgalikda ishlay olmaydi. 
DOS ning 3.3 gacha bo‘lgan versiyalari hozir amalda qo‘llanilmayotganligi munosabati
bilan, biz kompyuterda DOS ning 3.3 yoki undan katta versiyalari o‘rnatilgan deb faraz qilamiz. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin