Operatsion tizimlar «Informatika va Axborot texnologiyalari»


Buyruqlarni ishga tushirish va bajarish



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/61
tarix01.06.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#60316
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Hhjg

 
Buyruqlarni ishga tushirish va bajarish 
Foydalanuvchi kiritadigan har bir buyruq DOSning yo ichki, yo tashqi yoki boshqa
dasturlarning yo bo‘lmasa, buyruq fayllarining buyrug‘ini bajarish zarurligini ko‘rsatadi. 
DOSning ichki yoki tashqi buyrug‘ini bajarish uchun bu buyruqning nomini va uning
parametrlarini kiritish zarur. 
Bajarilayotgan dasturni izlash. Foydalanuvchi DOSning ichki buyruqlariga mansub 
bo‘lmagan holatni kiritganda, buyruq protsessori buyruqda ko‘rsatilgan nomli dasturni izlaydi. 
Izlash quyidagi kengaytmali fayllar orasida olib boriladi: 
COM - dasturiy fayllar; 
EXE - dasturiy fayllar (boshqa formatda); 
BAT - paketli buyruq fayllar. 
Izlash bu kengaytmalar sanab o‘tilgan tartibda amalga oshiriladi. Agar foydalanuvchi
dasturni qaysi katalogdan izlash kerakligini ko‘rsatmagan bo‘lsa, izlash joriy katalogda va DOS 
Path buyrug‘i bergan kataloglardan izlaydi. 
Agar zarur dastur bu kataloglardan topilmasa, unda ekranga "Bad command or file name" 
chiqariladi. 
Masalan, agar foydalanuvchi PROG buyrug‘ini kiritgan bo‘lsa, unda buyruq protsessori joriy 
katalogdan va DOS Path buyrug‘i bergan kataloglardan PROG.COM yoki PROG.EXE, yo 
bo‘lmasa, PROG.BAT nomli faylni izlaydi. Agar topilgan fayl COM yoki EXE kengaytmali 
bo‘lsa, unda buyruq protsessori bu faylning xotirasiga yuklashni bajaradi va ushbu fayl o‘z ishini 
bajarishi mumkin bo‘lishi uchun boshqaruvchi unga topshiriladi. Agar topilgan fayl BAT


Opratsion tizimlari 
22 
kengaytmali bo‘lsa, ya’ni buyruq fayli bo‘lsa, bu holda u matn fayli formatida (ASCII kodida) 
xuddi klaviaturadan kiritilayotganidek bajarilishi kerak bo‘lgan buyruqlar izchilligiga ega 
bo‘ladi. 
Buyruqda katalogni yaqqol ko‘rsatish 
Joriy katalogda joylashmagan va Path buyrug‘ida sanab o‘tilgan kataloglarning birortasida 
bo‘lmagan dasturni yoki buyruq faylini bajarish uchun DOS ga dasturni yoki buyruq faylini qay-
si katalogidan izlash kerakligini xabar qilish lozim. Buning uchun faylning o‘z ichiga zarur 
dastur yoki buyruq fayli joylashgan katalogga olib boruvchi yo‘lni to‘liq nomini ko‘rsatish 
kerak. Fayl nomining kengaytmasini (ya’ni COM EXE va BATni) ko‘rsatmasa ham bo‘ladi. 
Masalan, joriy katalog - c:\DOC\WORK, lekin c:\DOC\PROG katalogida joylashgan 
HYPHEN dasturini bajarish va PAPER.DOC\D dasturini parametrlarini ko‘rsatish kerak bo‘lsin. 
Unda ushbu dasturni bajarish uchun: 
C:\doc\prog\hyphen paper.doc/p yoki \proghyphen paper.doc\buyrug‘ini bajarish zarur 
bo‘ladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin