Bu erda:
Pi – yollanma ishchilarga maosh to‘lash uchun kerak bo‘ladigan pul mablag‘lari;
Pm – sotib olinadigan material, xom ashyo, yarim tayyor mahsulot, butlash qismlar,
yonilg‘i, energiya uchun to‘lovlar;
Pv – mehnat vositalari (asosiy ishlab chiqarish fondlari) – bino, inshoot,
uzatish
moslamalari, mashina, hisoblash texnikasi,
asbobuskunalar, transport vositalarini sotib olishga
ketgan mablag‘lar;
Pa – axborot uchun sarflangan mablag‘lar;
Ph – boshqa tashkilotlar xizmatiga (qurilish ishlari,
transport xizmatlari va
boshqalarga) ketgan to‘lovlar.
Ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun tadbirkor boshlang‘ich kapitalga ega
bo‘lishi kerak. Har qanday kishining bunga imkoni bo‘lmasligi mumkin. Ushbu holatda ishbilarmon
tijorat banki yoki mablag‘i bor shaxsga kredit olish uchun murojaat qiladi. Buning boshqa yo‘li ham
bor – tadbirkor ishlab chiqarish omillari (bino, uskuna, xom ashyo, material, axborot va boshqalar)ni
kreditga ham olishi mumkin. Baribir tadbirkor kredit bergan shaxsga olingan pul mablag‘ini yoki
kreditga olingan ishlab chiqarish omillarining qiymatini qo‘shimcha foizlar bilan qaytarishi kerak.
Mablag‘larni imtiyozli asosida davlat tuzilmalari ajratishi mumkin.
Buning uchun
O‘zbekistonda kichik Biznesni rivojlantirishga yordam berish maqsadida mahsus
jamg‘armalar tuzilib, kredit berishga imtiyozlar yaratilgandir.
Ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatida bilvosita ishtirokchi bo‘lib, unda moliya soliq
organlari ishtirok etadi. Ular tadbirkorlik faoliyati hisobidan
mahalliy byudjetga majburiy
to‘lovlar, ajratmalar va jarimalar o‘tkazish bilan shug‘ullanadilar.
Dostları ilə paylaş: