protonning yadrodan ajralish energiyasi musbat bo`lishi kerak. Ammo bunday
yadrolar yer sharoitida mavjud emas va demak, ular sun`iy yo`l bilan hosil qilinishi
lozim. Dubnada bu yo`nalishda katta hajmdagi ishlar olib borilayotgan bir paytda
1982-yilda Darmigtadda proton radioaktivlikni dunyodagi eng kuchli tezlatkichni
ishlatgan nemis fiziklari ochishdi.
1984-yilda Angliya va Rossiya olimlari guruhi bir-biriga bog`liq bo`lmagan
holda ba`zi og`ir yadrolarning klaster radioaktivligini ochishdi. Bu radioaktivlikda
yadrolar o`z-o`zidan klasterlarni atom og`irliklari 14 dan 34 gacha bo`lgan atom
yadrolarini chiqaradi. 1.1.1-jadvalda turli ko`rinishdagi radioaktivlikning ochilish
tarixi keltirilgan.
Radiоaktiv yemirilishlarning barcha turlari ochilganmi?
Buni vaqt ko`rsatadi. Ammo hozirgi kunda asosiy holatdan neytron (neytron
radiоaktivlik) yoki ikkita proton (ikki protonli radiоaktivlik) chiqaruvchi yadrolari
topish ustida ish olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: