Mavzu: Yadro yemirilishlar. Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/13
tarix01.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#60345
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
2 5235476326785227427

 
 
 
1.1-chizma. Kvaze bo’linuvchi modelda klaster radiоaktiv yadroning kvazi 
bo`linish modelidagi evolyutsiyasi 
 
 
 
Klaster yemirilishlarda radiy va uran juft-juft izotoplari uchun 
2
1
lg T
ning 
2
1

Q
ga bog’liqligi 
Ikkinchi yondashuv vositasida yadroning o`ta oquvchan modelini qo`llab 
uchib chiqayotgan klasterlarning spektrlaridagi nozik strukturani bashorat qilish 
imkoniyati tug`ildi. Keyinchalii bu struktura Sakledagi frasuz guruhi tomonidan 
tajribada aniqlandi. bunday yondashuv ma`lum klasterlar yemirilishlarning nisbiy 
va absolyut ehtimolliklarini aniqlashga imkoniyat yaratdi. 


“Klaster” so`zining yemirilishda ishlatilishi prinsipial xarakterga ega. Yadro 
tarkibiga kiruvchi nuklonlar ancha katta kinetik energiyaga egaki, ular yadro ichida 
harakatlangan paytda o`zaro to`qnashib, juda qisqa vaqt ichida shunday guruhlarni 
tuzadiki, ular xarakteristikalari jihatidan xuddi shunday massali alohida yadrolarga 
o`xshashdir.
Nuklonlarning bunday guruhlarini klsterlar deb atashadi. Klaster nuklonlari 
ma`lum holatlarda joylashgan. Ya`ni yadro ichidagi fazoviy jihatdan tashqari ular 
energiya, impuls va hokazo fizik kattaliklarning aniq qiymatlariga ham egadir. 
Klaster tarkibiga kirmagan nuklonlar ham uning hosil bo`lish paytida qandaydir 
holatda bo`ladi. Agar ma`lum tipdagi (



-klasterlar) klasterlar yadroda ancha 
uzoq (yadro o`lchovlari bo`yicha ) yashab tursa, bunday klasterlashga statik 
klasterlash deyiladi.
Statik 
klasterlashga 
klaster 
nuklonlari 
boshqalardan 
o`zining
xarakteristikalari, masalan: 
- energiya va impuls qiymatlari bilan ajralib turadi. Statik klasterlashdan farqli
ravishda dinamik klasterlash nuklonlarning biron xususiyati bilan bog`lanmagan. 
Dinamik klasterlash ba`zi yadro reaksiyalarida ma`lum ko`rinishdagi klasterlarning 
chiqishini kuzatish imkoniyatini yaratadi. 
Ammo oddiygina qilib, klaster stabil deb qarash mumkin emas. Birinchidan, 
klasterni tashkil etuvchi nuklonlar vaqtning turli momentlarida bir xil emas, 
turlichadir. Bundan tashqari yadro tarkibiga kiruvchi proton va neytronlarni farqlash 
qiyinligi, aynan qaysi nuklonlar klasterni tashkil qilishini aytish qiyin. Ikkinchidan, 
klasterlar tez hosil bo`lib (vaqtning yadro o`lchovida), xuddi shunday tez yo`qoladi. 
Faqatgina ba`zi tipdagi klasterlarning boshqalariga nisbatan hosil bo`lish ehtimolligi 
yuqoriroq. 
Klaster kanali tushunchasini ko`ramiz. Agar massa soni A bo`lgan yadroda 
vaqtning ma`lum momentida bir qism nuklonlar x klasterni hosil qilsa, qolgan A-x 
nuklonlar ham qandaydir holatda bo`ladi. Agar bu paytda x yoki A-x guruhga tashqi 


ta`sir bo`lsa, masalan, elektron zarba, u holda yadro ikki qismga (sistema ostiga) 
bo`linishi mumkin. 
Bunda yadro sistemasi tashqi qo`zg`atuvchi ta`sirida ikki klasterli kanalga 
o`tdi deyiladi. Ba`zi hollarda yadro uch va undan ortiq bo`laklarga bo`linishi 
mumkin, ya`ni multiklaster kanaliga o`tadi. Klaster yemirilishda
yadro sistemasi o`z-o`zidan ikki klasterli kanalga o`tadi.
Bunda yadro ikki qismga: ona yadrodan uchib chiqayotgan klaster va hosilaviy 
yadro. 
Atom yadrolarida yadroning qo`zg`alish energiyasi ixtiyoriy bo`lmasdan, 
faqat ma`lum qiymatlarni qabul qilish mumkin. Ular yadro sathlari (holatlari ) deb 
ataladi. Ba`zi sathlar va ular xususiyatlarini yadroning klster modeli asosida 
tushuntirish mumkin. Bu model (uni ba`zan multiklaster modeli deb ham atashadi) 
yadroda ma`lum tipdagi yetarlicha turg`un klasterlarning mavjudligidan kelib 
chiqadi. 
Yengil yadrolarning sathlarini ifodalash uchun klaster modeli ancha qo`llash 
sohalarini egalladi. Ma`lumki, juft sondagi proton va neytronlardan iborat yengil 
yadrolarning pastda yotuvchi holatlari bu model bilan aniqlanadi. 
Demak, bu holatlar a-klaster strukturaga ega. Bu strukturaning hosil 
bo`lishiga sabab yadro fizikasida yaxshi ma`lum bo`lgan. 
Mayoran kuchlarining borligi. Bu kuchlarning borligi shunga olib keladiki, 
yadrolarda energetik jihatdan shunday holatlar qulay bo`lib qoladiki, unda ikkita 
proton va va ikkita neytrondan va yig`indi spini nolga teng nuklonlar shunday 
guruhlarga birlashadi. Nuklonlar fazoviy to`lqin funksiyasiga nisbatan simmetrik 
erkin zarracha ham xuddi shunday xususiyatga ega. 
Har qanday yadrolarning yemirilishi u energiyaning saqlanish qonuniyatiga 
javob bera olishi bilan aniqlanadi. Boshqacha aytganda yemirilish uchun Q 
energiyaning yetarli yoki yo`qligi muhimdir (spontan yemirilishlar uchun Q>0). 


Mendeleyev davriy sistemasining ikkinchi qismida joylashgan va ancha yengil 
elementlardan yadrosida bitta nuklon kam bo`lgan bog`lanish energiyasiga ega 
elementlar uchun bu talab yemirilishning katta sondagi turli variantlari uchun 
qanoatlantiriladi. 
Ammo yemipilish bu shartlar bajarilganda ham har doim eksprimental 
tasdiqlanmaydi. Ko`p hollarda zarrachaning yadro tashqi sohasiga yaqin potensial 
to`siq orqali o`tish ehtimolligi juda kichik. 
Potensial to`siq yadro sirti yaqinida joylashgan musbat zaryadlangan 
zarrachaga yadro tomonidan qarama-qarshi yo`nalgan yadro tortishish kuchi va 
Kulon itarishish kuchlarining ta`siridan hosil bo`ladi. Mos potensialining qo`shilishi 
potensial to`siq ko`rinishidagi natijaviy potensial shakliga olib keladi. 
Og`ir yadrolarning

- yemirilish va spontan bo`linishida hosil bo`ladigan
bo`laklarga potensial to`siqlardan o`tish ehtimolligi shunday qiymatlarga egaki, 
chiqqan bo`laklarni eksprimentatorlar kuzatib biladi. 
Balandligi

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin