Dasturlash asoslari faniga kirish. .NET arxitekturasi
Oxirgi yillarda C# tili va u bilan bog‘liq bo‘lgan muhit, ya’ni .NET platformasi
dasturiy ta’minot yaratuvchilar uchun asosiy yangi texnologiya bo‘lib kelmoqda.
.NET platformasi orqali Windows muhitida hosil qilish mumkin bo‘lgan ixtiyoriy
dasturlarni yaratish mumkin. C# tili
esa yangi til hisoblanib, ushbu muhit uchun
maxsus ishlab chiqilgan. C#
tilidan foydalanib, dinamik WEB –
sahifalarni,
tarqatma texnologiya
asosida yaratilgan dasturlarni,
berilganlar bazasi bilan
ishlovchi komponentlarni yoki oynali Windows dasturlarini yaratish mumkin. S# tili
yordamida tarmoq yoki Internet dasturlaridan
tashqari,
Windows platformasida
ishlovchi ixtiyoriy dasturni yaratish mumkin. C# tilida .NET platformasi orqali
Windows muhitida dasturlar yaratish metodikasini mukammallashtirish ko‘zda
tutilgan.
Ma’lumki, kompьyuter tillari o‘z-o‘zidan birdaniga yangidan emas, balki o‘zaro bir-
biriga bog‘liqlikda vujudga keladi. Har qanday yaratilgan yangi til u yoki bu shaklda
oldinroq yaratilgan mavjud tillarning xossalarini o‘ziga
meros qilib oladi, ya’ni
ketma-ketlik prinsipi amalga oshiriladi. Natijada
bitta tilning imkoniyatlari
boshqalari tomonidan foydalaniladi va ma’lum bir joylari mukammallashtiriladi.
Kompьyuter tillarining evolyusiyasi shunday tarzda ro‘y
beradi va dasturlash
mahorati takomillashtiriladi.
S# tili ham yuqoridagilardan istisno emas. U boshqa dasturlash tillarining ko‘plab
foydali imkoniyatlarini meros qilib oldi va dunyoda eng ko‘p qo‘llaniladigan ikkita
kompьyuter tillari – Si va S++, shuningdek Java tili bilan uzviy bog‘liqdir. S# ni
tushunish uchun mazkur bog‘liqlik tabiatini aniqlab olish kerak, shuning uchun oldin
biz ushbu uch tilning rivojlanish tarixi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tamiz.