Dasturlash asoslari faniga kirish net arxitekturasi


S# tilining yaratilishi – dasturlashning zamonaviy davri boshlanishidir



Yüklə 204,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix06.06.2022
ölçüsü204,72 Kb.
#60801
1   2   3   4   5   6
1-maruza

S# tilining yaratilishi – dasturlashning zamonaviy davri boshlanishidir 
S# tili 1972 yilda Nьyu-Djersi shtatining Myurrey-xill shahrida Bell Laboratories 
kompaniyasining tizimli dastur tuzuvchisi Dennis Richi tomonidan yaratilgan. Bu 
til o‘zini shunchalik yaxshi ko‘rsatdiki, oxir oqibatda unga Unix operatsion 
tizimlarining 90% yadro kodlari yozildi. (Ma’lumki, ular oldin past darajadagi til – 
assemblerda yozishgan). S# ning vujudga kelishidan oldinroq yaratilgan tillardan, 
Pascal ulardan eng mashhuri hisoblanadi va u etarli darajada muvaffaqiyatli 
foydalanilgan.
1960 yillarda dasturlash texnologiyalaridagi strukturaviy dasturlashlarning paydo 
bo‘lishiga olib kelgan katta o‘zgarishlar S# tilini yaratish uchun asosiy 
imkoniyatlarni belgilab berdi. Strukturaviy dasturlashlarning paydo bo‘lishiga qadar 
katta dasturlarni yozish qiyin bo‘lgan. Satr kodlari miqdorining oshishi sababli 
dasturlarning o‘tish joylari chalkash masalalarga aylanib ketishiga olib keladi. 
Strukturaviy tillar dastur tuzuvchisiga shartli operatorlarni, lokal o‘zgaradigan 
tartiblarni va boshqa mukammallashtirishlarni qo‘shib bu muammoni hal qildi. SHu 
tarzda nisbatan katta dasturlarni yozish imkoniyati vujudga keldi. 
Aynan S# tili kuch, elegantlik va ma’nodorlikni o‘zida muvaffaqiyatli birlashtirgan 
birinchi strukturaviy til bo‘ldi. Uning bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatolar mas’uliyatini 
tilga emas dastur tuzuvchi zimmasiga yuklaydigan prinsiplar bilan inobatga olgan 


holda sintaksisdan foydalanishdagi qisqalik va osonlik kabi xususiyatlari tezda 
ko‘plab tarafdorlarini topdi. 
Bugungi kunda biz mazkur sifatlarni o‘z o‘zidan anglashiladigan deb hisoblaymiz, 
lekin S# da birinchi marotaba dastur tuzuvchiga zarur bo‘lgan ajoyib yangi 
imkoniyatlar mujassamlashtirilgan. Natijada 1980 yillardan boshlab S# strukturaviy 
dasturlash tillari orasida eng ko‘p foydalaniladiganlaridan biri bo‘lib qoldi.
Biroq, dasturlashning rivojlantirish choralariga ko‘ra bundan ham kattaroq 
dasturlarni qayta ishlash muammosi kelib chiqmoqda. Loyiha kodi ma’lum bir 
hajmga etgan zahoti (uning raqamli ahamiyati dastur, dastur tuzuvchi, foydalanilgan 
instrumentlarga bog‘liq bo‘ladi, lekin taxminan 5000 satr kodlari nazarda 
tutilayapti) S#-dasturlarini tushunish va kuzatib borishda qiyinchiliklar yuzaga 
keladi. 

Yüklə 204,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin