10.2 . Xarid logistikasining amal qilish mexanizmi Sanoati rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishni xomashyo va
materiallar bilan ta’minlashning bir qator standart mexanizmlari bor. Masalan,
Germaniya Federativ Respublikasining sanoatini materiallar bilan ta’minlash tizimi,
yetkazib beruvchi tashkilotlarning omborlar tizimi, markaziy omborlar va ta’minot
tashkilotlari omborlariga asoslangan.
Germaniya Federativ Respublikasida material bilan ta’minlashning
ma’naviy tizimi zahiralarni saqlashga asoslanadi. Bu holda ishlab chiqarishga
kerakli bo‘lgan omborga tovarlarni qabul qilinganligi haqida hujjat tayyorlanadi va
bu tovarlar to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlab chiqarish maskanlariga jo‘natiladi. Talab
asosida sotib oluvchi tashkilot buyurtma harajatlarini rasmiylashtiradi va uni
yetkazib beruvchiga jo‘natadi. Yetkazib beruvchi buyurtmani olib, tovarni
so‘ralgan tashkilotga sotib berishini ta’minlaydi. So‘ngra katta miqdordagi
tovarlar avtomobil yo‘llari yoki temir yo‘llari orqali markaziy omborga olib
kelinadi. U yerda tovarlarning sifati, miqdori tekshiriladi. Agar hammasi talabga
javob beradigan darajada bo‘lsa, qismlarga bo‘linib, ishlab chiqaruvchi
korxonalarga jo‘natiladi.
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat 23-chizmada berilgan. Bu faoliyatni amalga
oshirishda savdo bo‘limi yoki vositachilar 9-10 ga yaqin hujjatlarni yetkazib
beruvchiga topshiradilar. Yetkazib beruvchi esa buyurtmani bajarayotgan paytda
markaziy punktga 14 ga yaqin hujjat topshiradi. Umuman, hujjatlarning bu qadar
ko‘pligi materiallar yetkazib berish faoliyatining an’anaviy tizimi doiralar bilan
chegaralangan deyish mumkin. Buyurtma beruvchi bilan yetkazib beruvchi,
materialga buyurtma tushganidan boshlab, to uning egasiga etib borishi va qabul
qilinishi hamda qo‘llanilishigacha bo‘lgan davrda hujjatlashtirishning 15 ga yaqin
usulidan foydalanadilar. Ularning bir necha nusxada bo‘lishini hisobga oladigan
bo‘lsak, u holda hujjatlar soni 50 dan oshib ketadi.