96
Logistika
Chiqadigan
tizimiga
yo‘nalish
Kiradigan
Ichki
O‘tkazish
joyi
AXB.
tizimi
21-chizma. Logistikada axborotlar to‘plamining turlari
Tizimning kuchayishi butun axborot tizimi ichida bo‘lib, asosan logistik
tizimda ma’lum qarorlarni qabul qilishda ko‘rinadi.
Nazorat va mulohaza savollari
1. Logistikada axborot tizimlari.
2. Logistika axborot tizimlarining turlari.
3. Logistika axborot tizimlarini ko‘rish tamoyillari.
4. Logistika axborot texnologiyalari.
5. Qaysi axborot logistika axboroti bilan ta’minlanadi?
Axborot to’plamini
bog’lovchi tizimlar
ko’rinishi
Vеrtikal
Tashqi
Gorizontal
97
10-bob
XARID QILISH LOGISTIKASI
10.1. Xarid qilish logistikasining vazifalari va
faoliyatlari
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xarid qilish logistikasining
maqsadi, bu ishlab chiqarish jarayonining materiallarga bo‘lgan talabini
yuqori
iqtisodiy samara bilan qondirish hisoblanadi. Lekin bunga erishish uchun xarid
logistikisining oldida turgan bir qator vazifalarni bajarish kerak. Bu vazifalarni
quydagicha guruhlash mumkin:
- xomashyo va komplekt mahsulotlarni ma’lum bir muddatda yetkazish. O‘z
muddatidan ilgari olingan mahsulotlar korxonaning aylanma fondiga qo‘shilishi
mumkin, o‘z muddatidan kech olingan xomashyo va materiallar ishlab chiqarish
jarayoniga salbiy ta’sir qilishi yoki uning yo‘nalishini o‘zgartirish mumkin;
- materiallarning talab qilingan miqdori bilan yetkazib berilgan miqdorning
o‘zaro mos kelishi (talab qilingan kam yetkazilgan
mahsulotlar korxona aylanma
fondining balansiga salbiy ta’sir qilishi mumkin);
- xomashyo hamda komplekt mahsulotlariga bo‘lgan talab sifatini nazorat
qilishi. (Talabni qondiruvchi, minimal narxdagi).
Yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lgan, talabni qondiruvchi materiallarni,
minimal narxdagisini izlash, xarid qilish logistikasining
iqtisodiy samaradorligi
asosini tashkil qiladi. Bozorni o‘rganishda, firma oldida turgan asosiy masala narx
hisoblanadi, bundan tashqari esa logistika harajatlari hisoblanadi. Ulgurji xaridor
uchun harajatlarning aniq hisob - kitobi zarur. Chunki materiallarning,
xomashyoning aniq hisob-kitobi ishlab chiqarishning kelajak strategiyasini
belgilaydi.
G‘arb amaliyotida bir necha umumiy qoidalar mavjud bo‘lib, ular faqatgina
yetkazib beruvchilar
va bank sohasini yaxshilamay, balki korxonaning raqobat
kurashida g‘olib chiqishini ham ta’minlaydi. Bu kodeks hamkorlarning etik
me’yorlarini belgilab beradi.
Uni qisqacha shunday deyish mumkin: muvaffaqiyatli tayyorgarlik va ishlab
chiqarish asosida, bir tomondan ishbilarmonlar o‘rtasidagi
yaxshi munosabat
yotsa, ikkinchi tomondan kreditor hamda yetkazib beruvchilar bilan yaxshi
munosabatlar yotadi. Asosiy e’tiborni kreditorlarga qaratish kerak, chunki firma
faoliyatida ularning ishonchi va yordam berishga
tayyorligi muhim ahamiyatga
ega.
Yetkazib buruvchilar bilan muomala qilishning bir qancha shartlari mavjud:
- yetkazib beruvchilarga, xuddi mujozlardek muomala qilish kerak;
- qiziqishlar umumiyligini namoyish etishni yoddan chiqarmaslik lozim;
98
- yetkazib beruvchining o‘z vazifalari bilan tanishtirib berish va uning faoliyatini
nazorat qilish zarur.
- kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilishga ko‘maklashishga
tayyor bo‘lish kerak;
- majburiyatlarni o‘z bo‘yniga olishni nazorat qilish lozim;
- ish faoliyatidan yetkazib beruvchining qiziqishlarini e’tiborga olish kerak;
- faoliyat doirasida barqaror muloqotni ta’minlash zarur.
G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyotning yangi sohalari rivojlanishi,
sanoati
rivojlangan mamlakatlarda tovarlar taklifining kengayishi, xomashyo va materiallar
sohasi faoliyatini yanada qiyinlashtiradi. Muvaffaqiyatli savdoni amalga oshirish
uchun bozorlar haqida keng axborotga ega bo‘lish kerak. Buning uchun bozor
tadqiqotlari olib borilishi kerak. Bozor tadqiqotlarini olib borishda muammoning
to‘g‘ri qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Bozorni tadqiq qilish muammosini
yechishda eng sodda algoritm korxonaning axborotlar bilan ta’minlanganligida
o‘z aksini topadi. (22-chizma).
Dostları ilə paylaş: