Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги


Iste’molni aniqlash va tahlil qilish, buyurtma berilgan materiallar



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

1. Iste’molni aniqlash va tahlil qilish, buyurtma berilgan materiallar 
miqdorini hisoblash
Xaridorlarni rejalashtirish jarayonida quyidagilarni aniqlash zarur: 
- qanday materiallar talab qilinadi; 
- mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerak bo‘ladigan materiallar miqdori;
- ular kerak bo‘ladigan vaqt; 
- talab qilinadigan omborlar maydoni;
- xarid harajatlari; 
- korxonada ayrim detallarni mustaqil ishlab chiqarish imkoniyati.
Iste’molchiga oxirgi mahsulotni yetkazib berish vaqtidan kelib chiqqan holda 
yetkazib berishning brutto iste’moli mavjud. Brutto iste’moli keyinchalik netto 
iste’moliga o‘tkaziladi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi: naqd zahira; buyurtma 
berilgan materiallar va rivojlantirilgan ishlab chiqarish.
Logistikada materialga ehtiyojni aniqlashning boshqa usullari:
- determinatsiyalashgan; 
- stoxastik;
- evristik. 
Birinchi usul - buyurtmani bajarish davri, miqdor hamda muddat bo‘yicha 
materiallarga ehtiyoj ma’lum bo‘lganda qo‘llaniladi. Ikkinchisi - hisob - kitoblar 
uchun matematik statistik usullar asos bo‘lgan ehtiyoj uchun qo‘llaniladi. 3-usul 
yordamida ishlarning tajribasiga ko‘ra ehtiyoj aniqlanadi. 
Ko‘rib o‘tilgan barcha usullar o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Bu 
usullardan birini tanlash quyidagilarga bog‘liq:
- firma yo‘nalishi; 
- buyurtmalar imkoniyati;
- mahsulot turi; 
- omborlar turi va soni
- zahiralar holati ustida nazorat tizimi. 


112 
2. Xarid usulini aniqlash 
Xarid usulini tanlash oxirgi mahsulot murakkabligiga komplektlanuvchi mahsulot 
va materiallarning tarkibiga bog‘liq. Xarid qilishning asosiy usullari:
- ulgurji xarid;
- mayda partiyalar bilan doimiy xarid;
- ehtiyoj me’yoridagi xarid. 
Tez - tez qo‘llanuvchi usullardan ayrimlarini ko‘rib o‘tamiz: 
1. Tovarlarning bir guruhli xaridi. 
Afzalliklari: hujjatlarni rasmiylashtirishning oddiyligi; barcha tovar 
guruhlarini yetkazishning kafolati; savdo chegirmalarining yuqoriligi. 
Kamchiligi: katta maydondagi omborlarga ehtiyoj; kapital aylanishining 
sekinlashuvi. 
2. Mayda guruhlar bilan doimiy xarid. 
Afzalliklari: kapital aylanishini tezlashtiradi, ombor maydonlarini tejaydi
yetkazib berishni hujjatlashtirish harajatlari kamayadi.
Kamchiliklari: zarar keltiradigan tovarlarning zarurati.
3. Zarurat darajasida tovar olish. 
Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilar: yetkazib beriladigan tovarlar 
miqdori o‘rnatilmaydi balki taxminan belgilanadi; tovar yetkazib beruvchilar har 
bir buyurtmani bajarishdan oldin sotib oluvchilar bilan bog‘lanishadi, yetkazib 
berilgan tovargagina pul to‘lanadi va h.k. 
Afzalliklari: qat’iy majburiyatlar yo‘qligi; kapital aylanishining tezlashishi.
4. Tez o‘tkazish sharti bilan tovar xaridi. Bu uslub tez-tez qo‘llanilmaydigan 
tovarlar uchun ishlatiladi. Kamchiligi rasmiylashtirish bo‘yicha harajatlarning 
oshishidir. 

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin