108
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat an’anaviy ta’minotda umuman boshqacha
tus oladi. Masalan, Amerika kompaniyalarida tovarlar bilan ta’minlashning
quyidagi usullari qo‘llaniladi: sotib olinadigan partiyani aniqlash; yetkazib
beruvchilarni tanlash; yetkazib beruvchilarni baholash;
nazorat tashkiloti;
munozaralar va shartnomalar tuzish; yetkazib berish usulini tanlash;
hujjatlashtirish; qadoqlash.
Tezkor va an’anaviy ta’minot bir - biridan tubdan farq qiladi. Masalan,
an’anaviy ta’minotda tovarlar katta hajmda uzoq vaqt oralig‘ida yetkaziladi.
Tezkor ta’minotda hajman katta bo‘lmagan tovarlar guruhlari tez-tez jo‘natib
turiladi. An’anaviy ta’minot (AT)ni baholashda 2-% gacha brakka yo‘l qo‘yiladi.
Tezkor ta’minotda brakka umuman yo‘l qo‘yilmaydi. AT shartnomasi mazmuni
- iloji boricha arzon narxda material olish. Tezkorning esa - yuqori darajadagi
sifatga ega bo‘lgan materiallarni olish.
AT ga asosan, sotib oluvchining uch xil
talabini qondiruvchi yetkazib beruvchi tanladi, ular: sotib olinayotgan tovar sifati;
yetkazib berish shartlari; narxi. Yetkazib beruvchining faoliyatini baholash, oyda
bir yoki chorakda bir amalga oshiriladi. Amerika kompaniyalarida yetkazib
beruvchilar har oy sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.
AQSH
ning AT tajribasiga asosan, mahsulot sifatiga qabul qilish bo‘limi
javobgar hisoblanadi. Yaponiyada esa bunga yetkazib beruvchi javobgar
hisoblanadi va u materialni to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasiga olib boradi. Hozirgi
kunda ko‘p AQSH kompaniyalari tovar sifatida javobgarlikni yetkazib beruvchi
zimmasiga yuklashmoqda. Masalan, «Nissan - Amerika» «Djeneral motors -
Byuik», «Xyullet - Pakkard» kabi kompaniyalar materiallarni qattiq nazorat ostiga
olmay, to‘g‘ri ishlab chiqarish yo‘liga jo‘natishmoqda.
Bunday yetkazib berish usullarini o‘rganayotgan xaridorni qiziqtiradigan
narsalardan biri bu raqobatchilardir. Chunki raqobat mavjud bo‘lsa, xaridor iloji
boricha yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lgan materialni sotib olishi mumkin.
Bundan
tashqari, raqobatning yo‘qligi narxga ham ta’sir qiladi. Agar raqobat
mavjud bo‘lmasa, materialning tannarxi haqiqiysidan ancha qimmat bo‘lib ketadi.
Bu esa ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytiradi. AQSH va Yevropa
kompaniyalari jahon bozori ta’minotida tarixiy - vertikal integratsiya qo‘llanilishiga
qarshilik bildirmoqda. Chunki, ular asosiy materiallar - uzellar, detallarni asosan
Yaponiya va Meksika hamda Braziliya kabi rivojlanayotgan
mamlakatlardan
keltiriladilar. Buni avtomobil sanoatida yaqqol ko‘rish mumkin: AQSHda 1982
yildan beri avtomobil detallari importining darajasi ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Masalan, 1985 yilda AQSH Yaponiyadan 3 - milliard AQSH dol.iga teng
miqdorda uzel va detallar sotib olgan, Meksikadan 4 - milliard dol.ga yaqin, GFR
- dan 5,5 - milliard dol., Braziliyadan 6 - milliard dol.. 1985 yildan 1992 yilgacha
bo‘lgan davr ichida import darajasi 50 - 60 - % ga o‘sgan.
Detal va komplekt mahsulotlarining milliy chegaralardan oqib kirishining
o‘sishi 5 ta sababga asoslanadi:
- chet elda ishlab chiqarish harajatlarining nisbatan kamligi;
109
- detallar texnik parametrlarining yaqinlashishi va bular asosida ishlab chiqarish
masshtablarini kengaytirish mumkin;
- rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq to‘lovlarining nisbatan pastligi.
- ishlab chiqarish firmalarining xalqaro qo‘shilishi;
- detallarni arzon ishlab chiqarishning xalqaro bazalarini izlash.
Ishlab chiqarishni material va texnologiya bilan ta’minlash strategiyasini ishlab
chiqishda bir qator hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak. Bu jarayonni amalga
oshirishda ishlab chiqilgan strategiya quyidagi savollarga javob berishi kerak:
1. Yuk tashishga talablar qanday?
2. Qanday xizmatlar kerak bo‘ladi?
3. Material - texnika ta’minotida qanday axborot - texnologiya usullaridan
foydalaniladi?
4. Yetkazib beruvchilar va transportirovka qiluvchilarni qanday usullar bilan
attestatsiyadan o‘tkazish mumkin?
5. Material - texnika ta’minotini optimallashtirish
uchun qanday vositalardan
foydalanish kerak.
Ta’minot tizimi, minimal darajada zahiralar mavjud bo‘lgan paytda juda
samarali hisoblanadi. Bu tizimning to‘g‘ri
amal qilishi uning tuzilishigà bog‘liq.
Tuzilma odatda 4 asosiy elementdan tashkil topib, ta’minot tizimini shakllantiradi.
Tizim elementlari faoliyatining ichki tuzilmasi 28-chizmadà berilgan.
Berilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, tizim asosan 3 ta elementdan tashkil
topgan: yetkazib beruvchi, oraliq tizimlar va iste’molchi. Iste’molchi va yetkazib
beruvchilar haqida yuqorida aytib o‘tildi. Endi oraliq tizimlar (yetkazib
berish
vositalari)ga kelib to‘xtalamiz. Tizimning asosiy qismi, tovarni yetkazib berishni
ta’minlash hisoblanadi. Bu tizimning asosiy parametrlariga: tîvarlar konsentratsiya
joyi, yuklarni tushirish porti, dengiz transport agentliklari,
bojxona nazorati
maskanlari va ichki avtomobil hamda temir yo‘l kompaniyalari kiradi. Bu omillar
ta’minotni tashkil qiluvchi zanjir bo‘laklaridir.
Yuk tushirish portini tanlash xulosasi, asosan chet elda, mustaqil ketma-
ketlikni tanlashga asoslanadi. Mustaqil ketma-ketlik yetkazib beruvchi bilan bir
hududdà joylashadi. Yetkazib beruvchidan bir necha 1000
km uzoqlikda
joylashgan ishlab chiqaruvchi firma hamma tashkiliy ishlarni bajarish imkoniyatiga
ega emas. Mustaqil podryadchik «uchinchi tomon» bo‘lib, butun tizim ishga
tushiriladi.
Tovarlarni dengiz orqali olib o‘tish, uni tashish, tushirish va yetkazib
beruvchidan iste’molchiga yetib borishini ta’minlovchi - yetkazib berish
kompaniyasini tovar egalarining o‘zlari tanlaydilar. Bunda ular xizmat safariga va
narxga katta e’tibor beradilar.
Uchinchi tomon
Oraliq tizim
Ishlab chiqaruvchi
Axborot tizimi
Axborot tizimi
Axborot tizimi
Chet el avtotrans-port
agentliklari
Chet el
porti
Dengiz agentliklari
Belgilangan port