115
3. Xaridorning huquqiy asoslari
Takliflar va qabul qilingan takliflar. Shartnoma ikkala tomonning oldi -
sotdidagi roziligi bilan tuziladi va yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Moliyaviy shartlar. Shartnoma qiymatiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni unda
moliyaviy shartlar ko‘rsatilgandagina u haqiqiy hisoblanadi.
Shartnoma tuzish huquqi. Bunday huquqqa faqat mas’ul shaxslargina ega.
Masalan: direktor, bosh direktor va boshqalar.
Qonuniylik. Shartnomaning qonuniy bo‘limi
mamlakatning yuridik
me’yorlariga javob berishi lozim.
4. Shartnoma sharti
Shartnoma tizimi turli shartlarning o‘zaro kelishuvini ko‘rsatadi. Aniq
ko‘rsatilgan
shartlar, bu shartnoma mazmunidan kelib chiqadigan shartlardir.
Shart sifatida shartnomada zarurlarni qoplash ham ko‘rsatilgan bo‘lishi mumkin.
Bu jarima hisoblanib, oldindan qat’iy belgilangan tartib va shartlarda undiriladi.
Zarurlarni qoplashdan farqli ravishda jarima summasi o‘sib
boruvchi, ya’ni
shartlar o‘z vaqtida bajarilmaganda olib boruvchi hisoblanadi. Agar kechikish mol
yetkazib beruvchiga bog‘liq bo‘lgan shartda kelib chiqish ko‘zda tutilgan bo‘lsa,
u holda shartnomada fors - major shartini o‘rganish kerak.
Dostları ilə paylaş: