Ызбекистон республикаси олий ва ырта махсус таълим вазирлиги



Yüklə 1,48 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/138
tarix08.06.2022
ölçüsü1,48 Mb.
#60999
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

5. Shartnoma tuzilishi
Shartnoma tuzilishi quyidagi tartibda bo‘lishi kerak: 
- shartnoma predmeti; 
- tovar miqdori; 
- tovar sifati; 
- shartnoma summasi va hisob - kitob tartibi; 
- qadoqlash va markerlash; 
- tovar yetkazish; 
- tovar qabul qilish; 
- fors - major; 
- tomon majburiyatlari; 
- kelishmovchiliklarni hal qilish; 
- boshqa shartlar. 
 
6. Yetkazib berish to‘lovi 
Buyurtma berilgan tovarlarga hisob olish shartnoma bajarilishining oxirgi 
bosqichi hisoblanadi. Barcha hisoblarni bir qancha asosiy qoidalarga ko‘ra 
tekshirib ko‘rish kerak: 
- hisob - kitobni qabul qilishda, u aynan sizga tegishli ekanligiga ishonch hosil 
qiling; 
- buyurtma raqamini tekshiring. Agar hujjatlarda qarama-qarshilik bo‘lmasa, 
buxgalteriya hisobini to‘laydi. Hisoblarni to‘lashda turli usullardan foydalanish 
mumkin: 
1. to‘lov talabnomasiga asosan hisob-kitob; 


116 
2. akkreditiv bo‘yicha hisob-kitob; 
3. inkassa bo‘yicha hisob-kitob; 
4. cheklar bo‘yicha hisob-kitob; 
Yuqorida sanab o‘tilgan hisob-kitoblarga asosan, to‘lov: qismlab; oldindan 
to‘liq to‘lash; oxirida to‘liq to‘lash va boshqa tartibda amalga oshirilishi mumkin. 
Har qanday holda ham u oldi - sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan bo‘ladi. Tezkor 
yoki oldindan to‘lash tovar sotib olishda chegirma qilish huquqini berish mumkin. 
Boshqa tomondan, to‘lovni kechiktirish, uni sotib oluvchi tomonidan boshqa 
maqsadlarda ishlatishni bildiradi. Shunga muvofiq, to‘lov usulini tanlashda uning 
afzallik va kamchiliklarini diqqat bilan o‘rganib chiqish hamda buning natijasida 
sizga qanday foyda va zarar tegishini aniqlab olish zarur. 
 
 
Nazorat va mulohaza savollari 
 
1.
Material ishlab chiqarish ehtiyojlarini qondirish uchun qanday zaruriy 
masalalarni yechish zarur? 
2.
Xarid logistikasida qanday tovar bozorlari tahlil qilinadi? 
3.
Bozor iqtisodiyoti ehtiyojlarini yetkazishni aniqlash usullarini ayting.
4.
Xarid materiallarini yetkazish usullarini sanab bering.

Yüklə 1,48 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin