117
11-bob
LOGISTIKA TIZIMI BOSHQARUVINI TASHKIL ETISH
11.1. Boshqaruvning asosiy funksiyalari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatning
sanoatlashgan firmalarida
material - texnika ta’minotini tashkil etishning ikki shakli qo‘llaniladi:
markazlashgan va markazlashmagan. Bu shakllarning har biri (ta’minot va sotuv)
o‘ziga xos guruhlangan va yoyilgan ta’minot sotuv xizmatidir. Guruhlangan
xizmatda uning barcha bo‘limlari alohida funksiya (ta’minot, sotuv, zahiralarni
saqlash, tashish va boshqalar)larni bajaradi. Yoyilgan
xizmatlar uchun ikki yoki
undan ortiq bo‘limlar bo‘yicha chiziqli bo‘limlarni bo‘lib-bo‘lib joylashtirish
xarakterlidir.
Odatda material-texnika ta’minotini boshqarishning markazlashtirilgan shakli
bir turdagi mahsulotni ishlab chiqaradigan firmalar
va bitta mintaqada faoliyat
yurituvchi korxonalarda qo‘llaniladi. Boshqarishning markazlashtirilmagan shakli
turli xil mintaqada joylashgan va bir xil yoki bir necha xil mahsulotlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan firmalarda qo‘llaniladi. Ba’zan
boshqaruvning aralash
shaklidan foydalaniladi. Moddiy-texnika ta’minotini markazlashtirishda muomala
harajatlarini qisqartirishga ta’minotchilardan katta miqdordagi tovarlarni qabul
qilib olish va ularni chegirmali narxlarda sotib olish orqali erishiladi.
Markazlashtirilmagan shaklda ta’minot
xizmati tashkiloti, ishlab chiqarish va
sotish bo‘limi nisbatan kam miqdordagi xomashyo va mahsulotlarni sotib oladilar
va natijada yetkazib berish harajatlari bo‘ladi. Moddiy texnika ta’minoti muomala
harajatlarini har bir ishlab chiqarish bo‘limida va korxona faoliyatida material
zahiralarini kamaytirish hisobiga qisqartiradi.
Markazlashgan boshqaruvning guruhlangan xizmat shakli 30-chizmada
ko‘rsatilgan. Moddiy texnika ta’minoti korxona ichidagi material oqimlar harakati
uchun
kirib kelayotgan xomashyo, yarim tayyor mahsulot va tayyor mahsulot
(iste’molchilarga jo‘natilgan), shuningdek kerakli vaqt va talab qilingan miqdorda
barcha zarur materiallarni ishlab chiqarish jarayonini ta’minlash uchun javobgarlik
oladi.
Materiallar boshqaruvi xizmatini bunday tashkil qilish firmaning vitse -
prezidentiga bo‘ysunadi va ba’zan ishlab chiqarish xizmati va yagona bo‘limdagi
loyihalashtirish bilan birlashgan bo‘lishi mumkin. Bu chizma bo‘yicha
firmaning
prezidenti va vise-prezidenti har bir bo‘linmani, shu jumladan moliyaviy masalalar,
bozor siyosati masalalari, mahsulotlarni ishlab chiqarish,
tadqiqotlar olib borish
va nihoyat moddiy-texnika ta’minoti masalalarini boshqarib boradi. Moddiy-
texnika ta’minoti xizmati chizmada ko‘rsatilganidek, markazlashgan boshqaruvda
bo‘ladi va bevosita nafaqat ta’minot va mahsulotni sotish,
balki uni ishlab
118
chiqarishni rejalashtirish va nazorat qilishni ham ta’minlaydi. Ushbu chizma katta
miqdordagi tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan firmalarda qo‘llaniladi.
Dostları ilə paylaş: