120
qo‘llaniladi. 31-chizmada moddiy-texnika ta’minoti
va ishlab chiqarishning
markazlashgan boshqarish chizmasi tuzilmalaridan biri ko‘rsatilgan.
11.2. Materiallar oqimini boshqarishning funksional mexanizmi
Yangi tovar siyosati va kuchli raqobat ta’sirida yirik sanoat korporatsiyalari
ishning doimiy qayta qurilishi muqarrar ravishda tovar moddiy qiymatining hajmi
o‘zgarish va turli funksional bo‘limlar o‘rtasidagi yangi tizimning shakllanishi bilan
bog‘liq. Boshqaruv apparatining muhim masalasi bunday qayta tashkil etishni
kam yo‘qotishlar bilan qisqa muddat ichida ta’minlashdan iborat.
Firmalarda moddiy oqimni boshqarish tizimi ostida barqaror aloqa
moslashuvining 2 ta asosiy yo‘nalishini ajratish mumkin. Birinchi yo‘nalish turli xil
iqtisodiy mexanizmlarning rivojlanishi hisobiga turli funksional bo‘limlar o‘rtasida
o‘zaro ta’sirni tezlashtirishdir. Ikkinchi yo‘nalish korporatsiyalar tarkibida
tashkiliy o‘zgarishlar orqali koorparasiya zaruriy darajasining rivojlanishidir. Bu
yo‘nalishlar, qoidaga ko‘ra, parallel ravishda rivojlanadi va bir-birini to‘ldirib
boradi.
Tajribada moddiy oqimni boshqarish doirasida
menejerlar harakatini
boshqaradigan modeli va maxsus ishlab chiqilgan - tartiblar yordamida
moslashuvning turli xil usullaridan foydalaniladi. Oxirgi yillarda Amerika
korporatsiyalarida
asosiy e’tibor maxsuslashtirilgan axborot tizimi va
kompyuterlar yordamida moddiy resurslarni boshqarishni
barqarorlashtirishga
qaratilmoqda. Kompyuterlardan keng foydalanish asosida ro‘y beradigan moddiy
oqimlar boshqaruvi jarayonida rejali va nazoratli bajariladigan ish tartiblarining
barqarorlashishi xizmatni qayta qurishni tashkil etish bilan bir vaqtda amalga
oshiradi. Bu nazorat va moslashuvning yangi tashkil etilgan mexanizimining paydo
bo‘lishiga olib keldi. Eng keng tarqalganlaridan uch turli ko‘rinishda tashkil etilgan
mexanizmlarni ko‘rsatish mumkin:
- maxsus funksional bo‘limlar shakllanib,
ularda reja, boshqaruv va nazorat
funksiyalarining katta qismi, yangi koorporatsiyalar orqali moddiy oqimlar
harakatining reglamentlashtirilgan qismi nazorat qilinadi.
Bu usul tajribada eng
ko‘p qo‘llaniladi;
- maxsus rahbar yoki moslashuv guruhi tayinlansa, asosiy masala bo‘lib
funksional bloklardagi moddiy oqimlarni boshqarish bo‘yicha qabul qilingan
qarorlar jarayonining moslashuvi hisoblanadi;
- bo‘limlarga ikki tomonlama bo‘ysinishga asoslangan matritsali mexanizm
yaratilib, moddiy oqimlarni samarali boshqarishga bog‘liq bo‘ladi.
Moddiy
resurslarni boshqarish uchun maxsus tuzilmani ishlab chiqish odatda har bir firma
oldida turgan shu sohadagi muammolar hisobiga amalga oshiriladi. Moddiy
oqimlarni boshqarish tizimi ostida funksional maxsuslashtirishga muvofiq
121
ravishda 3 ta asosiy tarkibiy blokka ajratiladi: 1) rejalashtirish va moslashish; 2)
boshqarish yoki tartibga solish; 3) nazorat.
Har bir tarkibiy blokka turli xil boshqaruv bo‘limlarini kiritish mumkin. Bu
bo‘limlarning soni va ularning o‘zaro ta’sir xususiyati har bir bosqichda moddiy
oqimlarni boshqarish bilan bog‘liq ishning hajmi
va murakkablik darajasiga
bog‘liq bo‘ladi. (32-chizma)
Dostları ilə paylaş: