123
Boshqaruv
tizimi kirish qismiga ega, ya’ni boshqaruv ierarxiyasi darajasiga
bog‘liq holda aniq maqsadga ega. Har doim ham
boshqaruvning aniq davri
jarayonida maqsadlarga erishish muvaffaqiyatli bo‘lavermaydi. Ma’lum bir
faoliyat turidagi muvaffaqiyat boshqa faoliyatda muvaffaqiyatsizlikka olib kelishi
mumkin. Maqsadga erishish yo‘lida faoliyat natijalarining o‘lchov
birligi turini
aniqlash katta ahamiyatga ega. Bunday bosqichdan so‘ng nazorat qilish
boshlanadi. Masalan, sizga yangi mahsulotni o‘zlashtirish bo‘yicha
javobgarlik
buyurildi va siz birinchi navbatda ushbu mahsulotning yuqori sifatli bo‘lishidan
manfaatdorsiz.
Ayni
paytda
buxgalterlar
ishlab
chiqarish
harajatlarini
kamaytirishdan, iqtisodchilar esa uning samaradorligidan manfaatdorlar. Jamoa
bilan ishlash tajribasi shuni ko‘rsatadiki, agar
xodimlarning diqqati aniq
o‘lchamga jalb qilinsa, qabul qilingan nazorat raqamlari keskin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: