124
12-bob
SERVIS XIZMATINING LOGISTIKASI
12.1. Servis xizmati logistikasining mazmuni va ahamiyati
Hozirgi davrning samarali xo‘jalik faoliyati shundan iboratki, jahon
bozorining yuqori talablariga javob beruvchi yuqori sifatli ilg‘or mahsulotlarni
ishlb chiqarish firma muvaffaqiyatining faqat yarmigagina xosdir, qolgan ikkinchi
yarmini esa sotishni bilish hamda sevis xizmatisiz tasavvur qilish qiyindir. Firma
mahsulotiga iste’molchi qiziqishini uyg‘ota bilish kerak. Bunda yuqori darajada
sotish va servis xizmat ko‘rsatish muhim o‘rin egallaydi.
Agar korxona bozor talabiga mos holda
ishlab chiqarilgan mahsulot
hamda daromadlarning boshqaruvida o‘zaro munosabatga ega bo‘lsa, u holda bu
korxona tashkiliy - iqtisodiy mustahkam tizim hisoblanadi. Bozor talabi tovarga
bo‘lgan talab bilan chegaralanmaydi. Iste’molchi u yoki bu tovarni yetkazish
bo‘yicha jamg‘arish - sotuv jarayonida unga ko‘rsatiladigan xizmatlar tarkibi va
sifati miqyosida ham o‘z shartlarini qo‘ydi. Xizmat o‘zida naf keltiruvchi
kimningdir faoliyatini aks ettiradi. Servis deb xizmat ko‘rsatishdagi, ya’ni
kimningdir ehtiyojlarini qondirishdagi amalga oshiradigan ish (mehnat)ga aytiladi.
Servis yaxlit holda taqsimot bilan chambarchas bog‘liq va u o‘zida
buyurtma, xarid, yetkazib berish va mahsulotga keyingi ko‘rsatiladigan xizmatlar
majmuasini aks ettiradi. Servis bahosini xarakterlovchi ko‘rsatkich iste’molchi
talabini qondirish servis darajasi deb ataladi.
Servis obyekti moddiy oqim
iste’molchilari hisoblanadi: ishlab chiqarish korxonalari, taqsimlovchi markazlar
va oxirgi iste’molchilar. Servis yoki ishlab chiqaruvchi korxona o‘zi tomonidan
yoki bo‘lmasa moddiy oqimlarga servis xizmatini ko‘rsatish sohasiga
ixtisoslashgan va ishlab chiqarish - sotish jarayonida ishtirok etuvchi alohida
mustaqil korxonalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Shuning uchun korxona faoliyati obyekti sifatida quyidagilar ajratiladi:
qiymat yoki natura o‘lchovda
baholanadigan, sanoat va nosanoat mazmunidagi
mahsulotlar, turli korxona xizmatlari va boshqa iqtisodiy faoliyatlar (ta’mirlash
ishlari, qurilish, transport, aloqa va hokazolar) yig‘indisi qurilishdagi mahsulotning
(yoki moddiy oqimlarining) servis xizmatini ko‘rsatish.
Mahsulotning servis xizmatini ko‘rsatishda bozor talablariga mos holda
mahsulotning yetkazib berish vaqti, joyi, narxi, miqdori, sifati va nomenklaturasi
kabi ko‘rsatkichlar bo‘yicha axborot hamda moddiy
oqimlarning har birida
alohida «korxona - iste’molchi» aloqalarini ta’minlovchi korxona tizimi ostidagi
barcha faoliyat turlari va funksiyalar yig‘indisini aks ettiradi. Servis xizmati turlari
sifatida quyidagilar ko‘rsatiladi:
1. Iste’molchi talabini qondirish servisi - iste’molchiga xizmat ko‘rsatish
darajasining majmua tavsifini ifodalaydi va quyidagi ko‘rsatkichlar bilan
125
aniqlanadi: vaqt, chastota, tayyorlik, yetkazib berish sifati va rad etmaslik, ortish -
tushirish ishlarini o‘tkazish va komplektlashni ta’minlashga tayyorlik, buyurtma
metodi (usuli).
2. Ishlab chiqarish mazmunidagi xizmat ko‘rsatish
servisi chiqarilayotgan
mahsulot bo‘yicha taklif qilinayotgan servis xizmatini ko‘rsatish turlari yig‘indisi,
ya’ni xaridga bitim tuzilgan vaqtdan to mahsulotni yetkazib berishgacha bo‘lgan
vaqt oralig‘ida iste’molchiga ko‘rsatiladigan xizmatlar to‘plamini qamrab oladi.
3. Sotuvdan keyin ko‘rsatiladigan servis xizmati mahsulotning belgilangan
butun hayotiy davri davomida amaldagi iqtisodiy shartlar asosida mahsulotni
samarali ta’minlashda ko‘rsalitishi zarur bo‘lgan xizmatlar yig‘indisini o‘z ichiga
oladi. Sotuvdan keyingi servis xizmati mahsulot sotuvigacha va undan keyin ham
amalga oshiriladi va quyidagi asosiy tadbirlarni qamrab oladi:
- sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan talabni uni iste’molchi bilan
ishlab chiqish bosqichida aniqlash;
- mahsulot sotuvidan keyin iste’molchiga ko‘rsatiladigan xizmatlarni aniqlash;
- mahsulotni yetkazib berishni muhokama jarayonida
mahsulot sotuvidan
keyingi xizmat ko‘rsatish tartibini belgilash (o‘rnatish);
- ekspluatatsion va remont (ta’mirlash) ishlarini o‘tkazish uchun xodimlar
tarkibini tayyorlash, zarur texnik hujjatlarni tayyorlash va tasdiqlash;
- sotuvdan keyingi xizmat ko‘rsatish ta’minoti uchun kerakli infratuzilmani
tayyorlash;
- mahsulot turini yangilash va eski mahsulotlarni zamonaviylashtirish tizimini
ishlab chiqish.
4. Axborot servisi xizmati iste’molchiga ko‘rsatiladigan mahsulot va uning
xizmati haqidagi axborotlar, usullar (metod)
va tamoyillar, shuning bilan birga
axborotni uzatish va qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan texnik vositalar yig‘indisi
bilan xarakterlanadi.
5. Moliya-kredit servis xizmati o‘zida iste’molchiga taqdim etiladigan
to‘lov variantlari, arzonlashtirilgan narx va imtiyozlar tizimi yig‘indisini aks
ettiradi. Bu yerda kreditning turli shakllarini ko‘rib chiqish zarur;
a) mol yetkazib beruvch qisqartirilgan qiymatiga bog‘liq holda;
b) kreditor kim bo‘lishiga qarab: bank, tijorat, davlat, xalqaro, fuqarolik, ishlab
chiqarish, iste’mol tuzilmasi;
v) alohida holatlarda kreditning to‘g‘ri, egri, aniq, yashiringan, eski, yangi,
asosiy, to‘ldiruvchi, mukammal va nomukammal
hamda boshqa turlarini ham
e’tiborga olish lozim.
Xizmat ko‘rsatish servisi keng miqyosdagi ko‘rsatkichlar to‘plami bilan
tavsiflanadi. Bu ko‘rsatkichlarni quyidagi mezonlarga asosan guruhlarga
birlashtirish mumkin: nomenklatura va miqdor, sifat, vaqt, narx, servis
ko‘rsatishning ishonchliligi (sifat, vaqt va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha).
Dostları ilə paylaş: