O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining



Yüklə 42,14 Kb.
tarix13.03.2022
ölçüsü42,14 Kb.
#53722
963 04.12.2017




O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

qarori

Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3026-son qarorining ijrosini ta’minlash, shuningdek davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:



1. Quyidagilar:

Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.



(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev va Davlat veterinariya qo‘mitasi raisi vazifasini bajaruvchi B.T. Norqobilov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV

Toshkent sh.,

2017-yil 4-dekabr,

963-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qaroriga


1-ILOVA

Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari va tartibi to‘g‘risida



NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar



1. Ushbu Nizom xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lash shartlari va tartibini belgilaydi.

2. Ushbu Nizom qoidalari veterinariya ishlab chiqarish xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega.

3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:

davlat veterinariya xizmati xodimi — hayvonlarning hayoti va sog‘lig‘i muhofaza qilinishini, hayvonlar kasalliklari paydo bo‘lishining, tarqalishining oldini olishni va ularni tugatishni, aholini hayvonlar va odam uchun umumiy bo‘lgan kasalliklardan muhofaza qilishni, O‘zbekiston Respublikasi hududini hayvonlarning yuqumli kasalliklari olib kirilishidan muhofaza qilishni ta’minlashga, hayvonlarga veterinariya xizmati ko‘rsatilishiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududining veterinar osoyishtaligini, davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarning veterinariya, veterinariya-sanitariya xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan ilmiy va amaliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxs;

xavfli mehnat sharoiti — ta’siri davlat veterinariya xizmati xodimining jarohat olishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti;

zararli mehnat sharoiti — ta’siri davlat veterinariya xizmati xodimining kasallikka chalinishiga (sog‘lig‘ining zararlanishiga) olib kelishi mumkin bo‘lgan mehnat sharoiti.

2-bob. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash shartlari va tartibi

4. Davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha haq to‘lash ularning lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama (foiz miqdorida) to‘lash yo‘li bilan amalga oshiriladi.

5. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 12 foizli ustamalar belgilanadi:

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari direktorlari va ularning o‘rinbosarlari, laboratoriya (veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari) mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot institutining ilmiy xodimlari, laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;

Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazi direktori va uning o‘rinbosari; veterinariya dori vositalari va ozuqabop qo‘shimchalarni standartlash va sertifikatlash bo‘limi mudiri, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Oldingi tahrirga qarang.

tuman (shahar) veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limlari boshliqlari va ularning o‘rinbosarlari, veterinariya faoliyatini muvofiqlashtirish va davlat nazorati bo‘yicha mutaxassislar, hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar, veterinariya uchastka mudirlari, veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari, omborxona (dorixona) mudirlari va mutaxassislari;



(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

kasallik yuqtirilmagan hayvonlar uchun (sinov laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Davlat chegarasi va transportdagi davlat veterinariya nazorati boshqarmasi veterinariya punktlari veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya-sanitariya uchastkalari veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (dezinfektorlar), veterinariya sanitarlari;

davlat veterinariya xizmati muassasalari maxsus avtomobil haydovchilari.

6. Quyidagi davlat veterinariya xizmati xodimlarining lavozim maoshiga (tarif stavkasiga) 24 foizli ustamalar belgilanadi:

Respublika hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari, tuman (shahar) hayvonlar kasalliklari tashxisi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi davlat markazlari mikrobiologiya, virusologiya, mikologiya, parazitologiya, bakteriologiya, serologiya, taksikologiya laboratoriyalari mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklari) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Veterinariya dori vositalari, ozuqabop qo‘shimchalar sifati va muomalasi nazorati bo‘yicha davlat ilmiy markazidagi mikroorganizm shtammlarini nazorat qilish bo‘limi, veterinariya dori vositalarini va oziqabop qo‘shimchalarini aprobatsiya qilish bo‘limi, veterinariya dori vositalari va oziqabop qo‘shimchalarining sifati va muomalasi davlat nazorati bo‘limi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar) veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti gelmintologiya, protozoologiya, gelmintozoonoz, patanatomiya, virusologiya, brutsellyoz va tuberkulyoz laboratoriyasi mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya feldsherlari (texniklar), veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari;

kasalliklarning jonli qo‘zg‘atuvchilari yuqtirilgan hayvonlar bilan ishlash (sinov-laboratoriya hayvonlari yetishtiruvchi) vivariy hamda rentgen kabinetlarida ishlaydigan bo‘lim mudirlari, veterinariya vrachlari, veterinariya laborantlari va veterinariya sanitarlari.

Davlat veterinariya xizmati xodimiga u ishlayotgan mehnat sharoitining zararliligidan kelib chiqib, to‘lanishi lozim bo‘lgan ustamalarning (12 yoki 24 foizli) har ikkalasi ham to‘g‘ri kelgan holatlarda, uning lavozim maoshiga 24 foizli ustama belgilanadi.

3-bob. Xavfli va zararli mehnat sharoitlarida ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish

7. Xavfli va zararli mehnat sharoitlarda ishlayotgan davlat veterinariya xizmati xodimlari mehnatiga qo‘shimcha to‘lovlarni moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoida

8. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 4-dekabrdagi 963-son qaroriga


2-ILOVA

Oldingi tahrirga qarang.

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi to‘g‘risida



nizom

(2-ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

1-bob. Umumiy qoidalar



Oldingi tahrirga qarang.

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar xodimlarini (keyingi o‘rinlarda xodimlar deb ataladi) moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibini belgilaydi.



(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

2. Ushbu Nizom qoidalari ishlab chiqarishdagi veterinariya xizmatlari xodimlariga hamda xususiy veterinariya faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tavsiyaviy xususiyatga ega.

Oldingi tahrirga qarang.

3. Xodimlarga ish haqi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi bilan kelishgan hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy tarif razryadlaridan kelib chiqib hisoblanadi.



(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

2-bob. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish shartlari va tartibi

Oldingi tahrirga qarang.

4. Xodimlarning ish faoliyati samaradorligini va moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida, shuningdek, ular tomonidan mamlakatimizda chorva mollari va parrandalar bosh sonini barqaror oshirishni ta’minlash, veterinariya nazoratini kuchaytirish va veterinariya servis sifatini oshirish, hayvonlarning sog‘lig‘ini himoya qilish bo‘yicha samarali ishlarni tashkil etish, epizootik osoyishtalik va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, naslchilik-seleksiya ishlarini yuritishning ilmiy asoslangan innovatsion uslublarini joriy etish, sun’iy urug‘lantirish ishlarini tizimli tashkil etishni ta’minlaganligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan moddiy rag‘batlantirish tadbirlari amalga oshiriladi.



(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

5. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirish maqsadida ularning oylik maoshiga qo‘shimcha tarzda:



xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga ustama;

O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan belgilanadigan shaxsiy ustamalar;

oylik, choraklik, yil yakuni bo‘yicha hamda bayram kunlari uchun mukofotlar;

ishdagi yutuqlari uchun moddiy rag‘batlantirishlar;

ishdan tashqari vaqtda ishga jalb etilgani uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar;

xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va ular sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam;

xodimlarning hayotini sug‘urta qilish yoki boshqa turdagi to‘lovlar belgilanadi.

(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

6. Xodimning mutaxassisligi bo‘yicha ko‘p yillik xizmatlari uchun qat’iy belgilangan lavozim maoshiga quyidagi ustamalar budjet mablag‘laridan har oyda tarif setkasi va shtat jadvaliga muvofiq to‘lanadi:



3 yildan 5 yilgacha — 5 foiz;

5 yildan 10 yilgacha — 10 foiz;

10 yildan 15 yilgacha — 15 foiz;

15 yildan 20 yilgacha — 20 foiz;

20 yildan 25 yilgacha — 25 foiz;

25 yildan ortiq — 30 foiz.

(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

7. Xizmat vazifasini sidqidildan va samarali bajarib kelayotgan Qo‘mitaning malakali, tashabbuskor xodimlariga rais tomonidan veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan lavozim maoshining 200 foizi miqdoridan ko‘p bo‘lmagan shaxsiy ustamalar belgilanadi.



(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

8. Ish ko‘rsatkichlari bajarilishiga qarab oy va chorak yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining bir baravarigacha miqdorda, yil yakuni bo‘yicha xodimlar oylik ish haqining uch baravarigacha miqdorda mukofotlar beriladi.

Oldingi tahrirga qarang.

9. Yangi yil, 8-mart xotin-qizlar kuni, Navro‘z bayrami, Xotira va qadrlash kuni, Mustaqillik kuni, O‘qituvchi va murabbiylar kuni, Konstitutsiya kuni, Ro‘za hayit (Iyd al-Fitr) diniy bayram kuni va Qurbon hayit (Iyd al-Adha) diniy bayram kuni uchun xodimlar oylik ish haqining bir baravari miqdorda mukofotlanadi.



(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

10. Ishdagi yutuqlari uchun xodimlarni oylik ish haqining ikki baravarigacha miqdorda moddiy rag‘batlantiradi.



(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

11. Xodimlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sotib olish uchun har yili bir marta bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida to‘lov tashkilotlar tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.



Zarur holatlarda, ish haqi fondi doirasida (kam ta’minlangan oilalar, xodimning davolanishi, to‘y, ma’raka va boshqalar uchun) xodimlarga kasaba uyushmasi bilan kelishgan holda moddiy yordam puli to‘lanadi.

(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 3-oktabrdagi 841-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son)

Oldingi tahrirga qarang.

12. Shaxsiy ustamalar, mukofotlar va moddiy rag‘batlantirishlar miqdorini belgilashda mehnatga haq to‘lashga oid Yagona tarif setkasi bo‘yicha tarif koeffitsiyentlari bilan ustamalar va qo‘shimcha haqlar, shuningdek budjetdan moliyalashtiriladigan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari davlat xizmatchilari lavozim maoshlariga 40 (20) foizlik qo‘shimcha (mehnatni rag‘batlantirish koeffitsiyenti) lavozim maoshi hisob-kitobiga kiritiladi.



(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

13. Ish vaqtidan tashqari ishlar, dam olish kunlari va bayram kunlarida ishga jalb etilganligi uchun to‘lovlar hamda boshqa pullik kompensatsiyalar to‘lanadi.



(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qaroriga asosan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

Oldingi tahrirga qarang.

14. Xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning ish samaradorligini oshirish maqsadida har oyda (jamoa shartnomasiga muvofiq) yo‘l transporti uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda xodimlarning tushlik ovqatlanishi xarajatlariga ko‘maklashish maqsadida bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshiriladi.



(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Oldingi tahrirga qarang.

15. Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari; Veterinariya xizmati va chorvachilikni rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari; qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.



(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 27-iyundagi 532-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son)

3-bob. Xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish

16. Quyidagilar xodimlarni rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:



O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasining Veterinariya xizmatini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari;

Davlat veterinariya qo‘mitasi va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarni rivojlantirish jamg‘armalari mablag‘lari (pulli veterinariya xizmati ko‘rsatishdan, vaqtincha foydalanilmagan mol-mulkni ijaraga berishdan tushumlar, beg‘araz olingan yordamlar va qonunda taqiqlanmagan boshqa tushumlar);

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar.

17. Xodimlarni moddiy rag‘batlantirishni moliyalashtirish manbalari va miqdori O‘zbekiston Respublikasi Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.

4-bob. Yakunlovchi qoida

18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 09/17/963/0366-son; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.06.2019-y., 09/19/532/3344-son; 03.10.2019-y., 09/19/841/3857-son; 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)

Yüklə 42,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin