139
kooperativ xulq, u umumtizimiy foydalar ishtirokchilarining xudbinlarga
intilishlari ustidan ustivorlik qilgan paytdagi iqtisodiy manfaatlarini
bog‘lanishiga asoslangan;
moslashgan hulq, u ishtirokchilar o‘rtasidagi murosalarni ularning bir
birlariga o‘zaro moslashtirilganligi asosida doimiy qidirilishi ko‘zda
tutadi;
korporativ xulq, u yuqoriroq umumintizomiy
samara olish uchun
ishtirokchilar tomonidan o‘zlarining vakolatlarining bir qismini ixtiyoriy
ravishda topshirilishini ko‘zda tutadi;
agressiv hulq, bunda ishtirokchilarni tovarlar bozorida ustivorlik
qiluvchi firmalar va ishlab chiqarish omillaridan biri tomonidan majburiy
yutib yuborilishi sodir bo‘ladi.
Har qanday holda ham, raqobatli iqtisodiy jamiyatlarni logistiklash jarayonini
insinirovka qiluvchi logistik zanjir (kanal) ishtirokchi bo‘lgan firma bir qator
talablarga
javob berishi kerak, ularni shartli ravshda ikkita guruhga birlashtirish
mumkin: 1. Tashqi (raqobatli) muhit o‘zgarishlariga moslashish qobiliyati; 2.
O‘zining iqtisodiy salohiyatini o‘stirish imkoniyati. Birinchi guruhga odatda
quyidagi qobiliyatlarni kiritadilar:
tashqi muhitning marketingli va logistik tahlil qilishga,
shu jumladan
iqtisodiy oqimlardagi raqobatli kuchlarni tahlil qilishga;
iqtisodiy oqimlarda logistik va raqobatli muammolarni o‘z vaqtida
aniqlash;
bozor talablari ta’siriga xuddi shunday javob qaytarish va iqtisodiy
oqimlarda raqiblarni kursiga chaqirish;
firma va logistik zanjir (kanal)ning boshqa ishtirokchilari raqobat
salohiyatini oshirishga imkon beruvchi marketingli, logistik va boshqa
iqtisodiy yangiliklarga;
logistik zanjir (kanal)ning barcha ishtirokchilari uchun qulay
murosalarni qidirish va topish;
raqobatli iqtisodiy oqimlarni qamrab
oluvchi logistik tizimlarni
shakllantirish va faoliyat yuritishni tashkil qilish.
O‘zining iqtisodiy salohiyatini o‘stirishga kelsak, ular quyidagilarga
birlashtirilishi mumkin: barqaror iqtisodiy holat sharoitlarida firmalarning
barqarorligini ta’minlashga imkon beruvchi moliyaviy imkoniyatlar; logistik
zanjirlar ishtirokchilari texnikasi va texnologiyasini bog‘lash
uchun zaruriy
sharoitlarni yaratuvchi texnik - texnologik imkoniyatlar; raqobatli iqtisodiy
oqimlarda logistik yangiliklarni muvoffaqiyatli ishlab chiqish va amalga oshirishga
imkon beruvchi aqliy imkoniyatlar; informatsion texnologiyalarni yaratishga
yagona axborot muhitini shakllantirish uchun zarur
sharoitlarni yaratuvchi
axborotli imkoniyatlarga.
Dostları ilə paylaş: