142
Ikkinchi holda samardorlik bozor va ishlab chiqarish o‘tkazish tizimining
ushbu joriy holati uchun daromadlar va xarajatlar taqsimlash yo‘li
bilan
belgilanadi.
Agar moddiy oqimlarning ushbu miqdorida logistik tizimni kiritish
natijasida olingan qo‘shimcha yalpi daromadning miqdori bu tizimni yaratish va
kiritishga xarajatlardan oshib ketsa, unda ishni davom ettirish kerak. Moddiy oqim
hajmlarining ko‘rinishini o‘zgartirib turib va bunda
erishilgan samaradorlikning
miqdorini hisoblab, uning samaradorlik nuqtai nazaridan muvoffiq hajmini
belgilash mumkin. Bunda firma umuman ishlashga qodir deb hisoblanadi.
Agar moddiy oqimning ushbu xajmi uchun doimiy xarajatlar to‘liqligicha
qoplanishi, o‘zgaruvchan harajatlarni esa qisman qoplanishi aniqlansa, unda firma
bozorda
qolishi mumkin, logistik faoliyatda esa daromadlarni xarajatlar ustidan
oshib ketishiga erishish maqsadida daromadlarni ko‘payishi va xarajatlarning
o‘zgaruvchan qismini kamaytirish uchun firma ishini qanday tartibda qayta tashkil
qilish va yaxshilash kerak (masalan, moddiy oqimlarning yo‘qotishlari va
hajmlarini o‘zgartirish) degan savolga javob berish zarur.
Nihoyat, logistik tahlil firmaning daromadlari xarajatlarining doimiy qismidan
pastligini ko‘rsatsa, bunda moddiy oqimlarning yo‘nalishlari va hajmlaridan qat’iy
nazar, bunday firmaning aoliyati istiqbollariga ega bo‘lmaydi
va u bozordan
ketishi kerak.
Ammo o‘rtacha daromadlar va xarajatlarni taqqoslash usuli o‘rtacha holda
faqat vaqtincha kuzatilayotgan oralig‘i uchun to‘g‘ri xulosalarga olib keladi.
Shuning uchun bu usul daromadlar va xarajatlarning chegaraviy miqdorlarini
taqqoslash bilan to‘ldiriladi.
Moddiy oqimlar hollarining muvoffiq miqdori va
shunga ko‘ra, firma ishlab chiqarish – o‘tkazilish faoliyatining eng yaxshi tashkil
qilinishi shunday tashkil qilinishidan iborat bo‘ladiki, unda chegaraviy va o‘rtacha
yalpi xarajatlar mos keladi.
U yoki bu tizim (resurs) uchun har bir ishlab chiqarish – o‘tkazish tizimida
o‘zining iste’mol miqdori mavjud bo‘ladi, uni dinamik o‘zgarayotgan sharoitlarda
operativ ravishda topish zarur.
Eng ko‘p xarajatlar talab qiluvchi logistik operatsiyalarni
aks ettiruvchi
xarajatlarni ba’zi bir turlarni batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Xaridlar bo‘yicha, zahiralarni ushlab turish bo‘yicha mahsulotning yo‘qligi
natijasidagi, tijorat harajatlari zahiralarini muvofiqlashtirishning mezoni bo‘lib
xizmat qiladilar.
Xaridlar bo‘yicha xarajatlar o‘z tarkibiga buyurtmalarni
rasmiylashtirish
bo‘yicha xarajatlarni; yetkazib berishlar haqidagi shartnomani rasmiylashtirish
bo‘yicha va yetkazib beruvchilar bilan kommunikatsiyalar xarajatlari; agar
transportda tashish qiymati olingan tovarning qiymatiga kiritilmagan bo‘lsa
transport xarajatlarini; omborga joylashtirish va olingan buyurtma bo‘yicha
xarajatlarni kiritadi. Ularni ba’zi birlari buyurtmadan qayd etiladi va uning hajmiga
143
bog‘liq bo‘lmaydi, boshqalari esa – masalan transport va omborxona xarajatlari –
buyurtma miqdoriga to‘g‘ridan to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: