Yengil atletika va uni o’qitish metodikasi Bozorboyev Nurali Ashur o’g’li Yengil atletikani rivojlanish tarixi



Yüklə 175,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix14.06.2022
ölçüsü175,07 Kb.
#61399
1   2   3
wrtcfvhbjnfk,ojmki

2.Yengil atletika bo’limlari 
Yengil atletika — sportning eng ommaviy turlaridan biri; turli masofalarga 
yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, 
langarchoʻp bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, 
koʻpkurash (oʻnkurash, yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil 
atletikada 50 dan ziyod mashq bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari 
dasturiga kiri-tilgan (2000 yilgi Sidney olimpiadasida erkaklar Yengil 
atletikaning 22, ayollar 20 turida musobaqalashishdi). Bundan tashqari, 
Yengil atletika zamonaviy beshkurash va triatlon sport turlarining bir 
mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining mashgulot, taʼlim 
muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik mashqlari, oʻquvchi-
yoshlarning "Alpomish" va "Barchinoy" sport sinovlari dasturidan joy olgan. 
Gomerning "Iliada", Ibn Sinoning "Tib qonunlari" va b. kitoblarda Yengil 
atletika mashqlariga oid maʼlumotlar uchraydi. Qad. Olimpiada oʻyinlarida 
(mil. av. 776 yildan mil. 394 yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha 
musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy Yengil atletikaning rivojlanishida 19-
asrda Angliyada (1837 yildan) musobaqalar, Afinada (1859 yildan) 
umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada tiklanishi (1896 yildan)ning 
ahamiyati katta boʻldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor Ye. a.chilar federatsiyasi 
(IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat aʼzo (2001 yil; Oʻzbekiston Yengil 
atletika federatsiyasi 1993 yildan aʼzo). IAAF 1977 yildan jahon kubogi (hoz. 
kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon birinchiligi musobaqalarini 
oʻtkazib keladi. Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda 
Margʻilonda shu turga moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin 
kuchaydi. Toshkentda 1902 yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan 
mamlakat birinchiliklari, 1927 yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. 
Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 140 dan ortiq murabbiy qoʻl .ostida 
Yengil atletika bilan shugʻullanadi, murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda 
xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport 
ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik Yengil atletikachilar 1952 yildan 
Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. Olimpiadalarda Marina Shmonina (4x100 
m ga estafetali yugurish, 1992) oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan 
sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga kiritgan, Ramil Gʻaniyev (oʻnkurash, 
1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy (uch xatlab sakrash), Roza 
Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatyana Biryulina (nayza 


uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, masofaga 
yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo 
oʻyinlarida 1994 yilda Svetlana Munkova (balandlikka sakrash), Ramil 
Gʻaniyev (oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg 
Veretelnikov (oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medal bilan 
taqdirlangan Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, 
Xitoy kabi mamlakatlarda yaxshi rivojlangan

Yüklə 175,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin