M maxsudova muloqot psixologiyasi o'quv qo'llanma toshkent



Yüklə 1,24 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix19.06.2022
ölçüsü1,24 Mb.
#61837
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
78448 (1)

Avtokratik uslubda
rahbar xodimlarga faqat rasmiy ravishda 
murojaat qiladi, buyruq berib, yuqoridan turib muloqotda bo'ladi. U 
yuqoridan kelgan buyruqlarni o'zi ham buyruq asosida bajartirishga 
harakat qiladi. Har qanday qarorni o'zi hal qilishga harakat qiladi.
2. 
Liberal uslubda
rahbar xodimlarga g'am xo'rlik qilmaydi
e’tiborsizlik qiladi, korxonani ishini o'z holiga tashlab qo'yadi. Jamoaning 
rivojini o'ylamaydi. Bunday rahbar faqat o'z amalini o'ylaydi.
3. 
Demokratik uslubda
rahbar xodim lari bilan doimo 
maslahatlashgan holda ish tutadi. Har qanday qarorga kelishda atrofdagi 
tajribali xodimlar bilan bahamjihat ish tutadi. Jamoasining kelajagini 
o'ylaydi, uni rivojlantirishga, obro'sini ko'tarishga harakat qiladi.
Rahbar xodim bilan muloqotda ilgarigi shaxsiy adovatini unutishga 
harakat qilishi zarur. Rahbar bilan xodimlar o'rtasidagi adovatlar 
(nizo, kelishmovchiliklar) 2 xil bo'lishi mumkin:
Shaxsiy nizolar;
www.ziyouz.com kutubxonasi


• Ish yuzasidan vujudga keladigan nizolar.
Ba’zan ishda rahbar bilan xodimlar o'rtasida tushunmovchiliklar 
kelib chiqishi tufayli u shaxsiy adovatga aylanib ketishi mumkin. Bunday 
holat boiishiga rahbar yo'l qo'ymasligi kerak. Shunday hollarda rahbar 
kek saqlamasdan xodim bilan iliq munosabatini yo'lga qo'yib olishi 
zarur. Aks holda rahbaming obro'si jamoada yo'qolishi mumkin.
Ba’zan biz birinchi marta muloqotda bo'lgan kishimizni kimlardir 
bergan bahosi, tavsifi asosida qabul qilamiz. Ya’ni oldindan olingan 
ko'rsatma asosida munosabatda bo'lamiz. Masalan, ayol kishi yangi jamoaga 
ishga kelsa, uning turmush o'rtog'idan ajraganligini eshitsak, unga 
boshqacha munosabatda bo'la boshlaymiz. Yoki falonchining xarakteri 
og'ir ekan, qo'rs ekan, yolg'onchi ekan deb eshitsak, unga nisbatan 
ehtiyotkorroq bo'lib muloqotda bo'lamiz. Bir marta yaxshilab suhbat 
qurganimizdan keyin esa fikrimiz o'zgarishi mumkin.
Hayotda 

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin