Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

Bu bobda Siz:
– tovush manbalari va qabul qil-
gichlari;
– tovushning turli muhitlarda tar-
qalishi;
– tovush kattaliklari;
– tovushning qaytishi, aks-sado;
– tovushlardan texnikada foyda-
lanish;
– musiqiy tovushlar va shovqinlar;
– tovush va salomatlik;
– me’morchilik akustikasi haqidagi 
bilim lar bilan tanishasiz.
VI
BOB
TOVUSH 
HODISALARI


VI bob. Tovush hodisalari
158
158
KIRISH SUHBATI
Har kuni biz turli tovushlar ta’sirida bo‘lamiz: gaplashayotgan 
odamlar, mashinalarning ovozi, televizor va radiopriyomnikdan taraluvchi 
musiqalar, suvning shildirab oqishi va h.k. Ulardan ayrimlari bizga yoqadi, 
ayrim tovushlar esa yoqmaydi. Shunga ko‘ra, kayfi yatimiz yaxshi bo‘lib, 
unumli ishlaymiz, o‘qiymiz yoki aksincha bo‘ladi. Tovush orqali insonlar 
bir-biri bilan muloqotda bo‘ladi. Shu muloqot tufayli jamiyatda rivojlanish 
bo‘ladi. Inson tovushlardan foydalanishni allaqachon o‘rganib olgan. 
Tovushga tegishli qonuniyatlarni o‘rganib, turli xil musiqa asboblarini 
yaratgan. Tovushni sun’iy ravishda hosil qiladigan elektr musiqa 
asboblarini o‘ylab topgan. Buni siz to‘ylarda, konsert zallarida bir necha 
o‘n musiqachi o‘rniga, bittagina «ionik» deb nom qo‘yib olishgan elektr 
musiqa asbobidan foydalanib, xohlagan kuyni chiqarayotgan boshqaruvchi 
misolida ko‘rgansiz. «Ultratovush» deb ataluvchi tovush turidan tibbiyotda 
ayrim kasalliklarni aniqlashda va davolashda foydalaniladi. Tovushning 
shu turidan ilmiy-tadqiqot ishlarida, tayyor mahsulot 
larning sifatini 
aniqlashda, dengiz va okeanlarda masofalarni o‘l chashda va hokazolarda 
foydalanilmoqda. Katta quvvatli tovushlardan ba’zi kimyoviy jarayonlarni 
tez 
lashtirishda, mashina va mexanizmlarning mayda, nozik qismlarini 
tozalashda ham qo‘llanilmoqda.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin