VI bob. Tovush hodisalari
170
170
10-mashq.
1. Qoya ro‘parasida turgan bola ovozining aks-sadosini 2 s dan so‘ng
eshitdi. Boladan qoyagacha bo‘lgan masofa qanchaga teng? (
Javobi: 340 m).
2. 54-mavzudagi jadvaldan foydalanib, teplovoz tovushining temir yo‘l
rels lari bo‘ylab
tarqalish tezligi, havoda tarqalish tezligidan necha marta
katta bo‘lishini aniqlang.
3. Yugurish yo‘lkasining fi nishida turgan hakam
qaysi paytda sekun-
domerni ishga tushirishi kerak: start to‘pponchasining ovozini eshitgandami
yoki og‘zidan chiqqan uchqunni ko‘rgandami?
4. Dengizning ~1,5 km chuqurligiga yuborilgan ultratovush 2
s dan
so‘ng qabul qilindi. Ultratovushning dengiz suvidagi tarqalish tezligi
nechaga teng? (
Javobi: 1500 m/s).
VI BOBNI YAKUNLASH BO‘YICHA NAZORAT SAVOLLARI
1. «Har qanday takrorlanuvchi hara katga... deyiladi». Nuqtalar o‘r niga mos
so‘zni topib qo‘ying.
A) ...tovush...
B) ...tebranma harakat...
C) ...tebranishlar chastotasi...
D) ...rezonator...
2. Normal sharoitda gazlarda to vush ning tarqalish tezligi intervali qaysi javobda
to‘g‘ri kelti rilgan?
A) 1000–2000 m/s; B) 3000–4000 m/s; C) 300–400 m/s; D) 500–1000 m/s.
3. «Kamerton» qanday asbob?
A) aniq bir chastotali tovush chiqara digan asbob;
B) pufl ab chalinadigan musiqa asbobi;
C)
tovushni kuchaytiradigan asbob;
D) tovushni qabul qiladigan asbob.
4. Tovush qattiqligining birli gini ko‘rsating.
A)
dB; B)
W/m
2
; C)
Hz; D)
W.
5. Tovush balandligi nimaga bog‘ liq?
A) amplitudasiga; B) asosiy toniga; C) oberton soniga; D) chastotasiga.
6. Qaysi qatorda erkaklar chiqara digan ovoz nomlari keltirilgan?
A) bas, bariton, tenor;
B) bas, soprano, tenor;
171
C) soprano, messo-soprano, bariton;
D) koloratur soprano, messo-sop rano, kontralto.
7. Dengiz tubiga yuborilgan ultrato vushni 2,5 sekunddan so‘ng
qaytib qabul
qilindi. Den giz chuqurligi nimaga teng? To vushning tarqalish tezligini 1500
m/s deb oling.
A) 1875 m; B) 2550 m; C) 3550 m; D) 3000 m.
8. «1 sekund vaqt davomidagi tebra nishlar soniga... deyiladi». Nuqtalar o‘rniga
mos so‘zni to pib qo‘ying.
A) ...tebranishlar amplitudasi...
B) ...tovush yuksakligi...
C) ...tovush tembri...
D) ...chastota...
9. Tovush tembri nimalarga bog‘ liq?
A) obertonlar soniga;
B) obertonlar kuchiga;
C) tovush balandligiga;
D) tovush chastotasiga.
10. Inson qulog‘ining og‘riq se zish bo‘sag‘asi qanchaga teng?
A)
100–110
dB; B)
130
dB; C)
150
dB; D)
180
dB.
11. Qaysi javobda infratovush larning chastota intervali to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) 16 Hz dan kichik;
B) 20000 Hz dan yuqori;
C) 20–20000 Hz;
D) 100–2000 Hz.
12. Tovushning materiallar to monidan yutilishini aniqlash uchun yutilgan tovush
energiya sini, tush gan tovush energiyasi... kerak.
A) ...ga qo‘shish...
B) ...ga bo‘lish...
C) ...dan ayirish...
D) ...ga bo‘lib, 100% ga ko‘ paytirish...
13. Shipga o‘rnatilgan parrak se kun diga 10 marta aylanmoqda. Par rak o‘rnatilgan
qurilmadan qay si diapazon dagi tovushlar chiqadi?
A) musiqiy tovushlar;
B) ultratovush;
C) infratovush;
D) shovqin.
14. Kamertonga o‘rnatilgan rezona tor nima vazifani bajaradi?
A) ovoz hosil qilish;
B) ovozni kuchaytirish;
C) ovozni qabul qilish;
D) tonini o‘zgartirish.
15. Radiokarnaydan ovoz chiqish vaq tida g‘arbdan sharqqa tomon 25 m/s
tezlikda
shamol esdi. Тo vushning shu yo‘nalishdagi tarqa lish tezligini aniq lang. Тinch ho-
latda tovushning havoda tarqa lish tezligini 330 m/s deb oling.
A) 330 m/s; B) 355 m/s;
C) 305 m/s;
D) 300 m/s.
Dostları ilə paylaş: