II bob. Mexanik hodisalar
32
32
11-rasm.
12-rasm.
Avtomobil g‘ildiragining o‘qi
B yerga nisbatan to‘g‘ri chiziqli,
gardishidagi
A nuqta g‘ildirak o‘qi
B ga nisbatan
egri chiziqli harakatda
bo‘ladi (11-rasm). Stadionda yugurayotgan sportchining trayektoriyasi
1 va
2 oraliqda egri,
3 va
4 oraliqda to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi (12-rasm).
Trayektoriyaning shakli qaralayotgan sanoq jismiga nisbatan turlicha
bo‘lishi mumkin. Masalan, Oyning Yerga nisbatan harakati aylana shaklida
bo‘lsa, Quyoshga nisbatan murakkab shaklda bo‘ladi. Chunki Yer Oy
bilan birgalikda Quyosh atrofi da harakatlanadi. Xuddi
shunday avtomobil
dvigatelida sovutuvchi parrak uchining harakat trayektoriyasi dvigatelga
nisbatan aylanadan iborat bo‘lsa, yerga nisbatan vintsimon bo‘ladi.
Harakatlanayotgan jismni har doim ham rasmda ifodalash noqulay.
Shunga ko‘ra, trayektoriya uzunligi jism o‘lchamla ridan juda
katta bo‘lgan hollarda, jismni moddiy nuqta deb qaraladi. Masalan,
Toshkent dan Buxoroga qarab uchayotgan samolyotni moddiy nuqta deb
qarash mumkin. Lekin ko‘prikdan o‘tayotgan poyezdni moddiy nuqta deb
qarab bo‘lmaydi. Moddiy deyi lishiga sabab o‘lchamlari hisobga olinmasa-
da,
uning massasi, tezligi va boshqa fi zik kattaliklari mavjud ligicha qoladi.
1. Mexanik harakat deb nimaga aytiladi?
2. Sanoq jismi deganda nimani tushunasiz?
3. Yozayotganingizda ruchkangiz uchining harakati qanday harakatda bo‘ladi?
4. Harakatlanayotgan jismlarni moddiy nuqta deb qarash mumkin bo‘lgan
hollar uchun misollar keltiring.