Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


I bobni yakunlash bo‘yicha nazorat savollari



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

I bobni yakunlash bo‘yicha nazorat savollari
8. Qaysi holda qand suvda tezroq eriy di: qaynoq suvdami yoki sovuq suv dami?
A) qaynoq suvda. Chunki suv mole kulalarining tezligi katta;
B) sovuq suvda. Chunki qand mo le kulalarining harakatiga suv mole kula-
lari kam qarshilik ko‘r satadi;
C) qaynoq suvda. Chunki qand va suv molekulalarining harakat tezligi 
katta;
D) sovuq suvda. Chunki suv mo lekulalarining harakat tezligi kichik;
9. Quyidagi moddalardan qaysi bi 
ri 
ning molekulasi uchta atomdan tashkil 
topgan?
1. Suv. 2. Kislorod. 3. Vodorod. 4. Karbonat angidrid.
A) 1; B) 2; C) 3; D) 4.
10. Moddaning qaysi holatida uni siqib, hajmini kamaytirish mumkin?
1. Gaz. 2. Suyuqlik. 3. Qattiq jism.
A) 1; B) 2; C) 3; D) 1 va 2.
11. Sovuq suvning molekulasi issiq suvning molekulasidan nimasi bilan farq 
qiladi?
A) massasi bilan; 
B) o‘lchami bilan;
C) farq qilmaydi; 
D) tezligi bilan.
12. Karbonat angidrid gazi moleku la sida nechta kislorod atomi bor?
A) 1; B) 2; C) 3;
D) molekula tarkibida kislorod atomi yo‘q.
13. Metallarni payvandlab ulash qay si hodisaga asoslangan?
A) diffuziya;
B) broun harakati;
C) molekulalar orasidagi tortishish kuchi;
D) molekulalarning atomlardan tash kil topishi;
14. Yog‘ molekulasining diametri tax minan qancha?
A) 0,0002 mm;
B) 0,00002 mm; 
C) 0,000002 mm;
D) 0,0000002 mm; 


28
28
YAKUNIY SUHBAT
Bunda Siz I bobda o‘rganilgan mavzularning qisqacha xulosalari bilan 
tanishasiz.
Fizik jismlar
Tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlar
Fizik 
hodisalar
Moddani tashkil etgan zarralari o‘zgarmasdan qoladigan holda sodir 
bo‘ladigan hodisalar.
Fizik kat-
talik
Jismlar yoki fi zik hodisalarning o‘lchash mumkin bo‘lgan parametrlari.
Xalqaro 
birliklar 
sistemasi 
(XBS)
1960-yilda kiritilgan. Unda asosiy 7 birlik qabul qilingan: uzunlik (metr), 
massa (kilogramm), vaqt (sekund), tok kuchi (Amper), temperatura 
(Kelvin), yorug‘lik kuchi (kandela), modda miqdori (mol). Qolgan 
fi zik kattaliklar asosiy birliklar yordamida hosil qilinadi. Masalan, 
1 J = 1 N · 1 m.
Metr (m)
Uzunlik birligi. XBS asosiy birligi. Qiymat jihatidan yorug‘likning 
vakuumda 1/299792458 sekund davomida o‘tadigan yo‘liga teng. 
Namunasi platina-iridiy qotishmasidan tayyorlangan bo‘lib, Fransiyada 
saqlanadi.
Sekund (s)
XBS asosiy birligi. Taxminan o‘rtacha quyosh sutkasining 1/86400 
qismiga teng (1 sutka = 24 soat = 86400 s).
Atom
Grekcha atomos – bo‘linmas degani. Kimyoviy element xossalari 
saqlanib qola digan eng kichik zarra. Hozirgi kunda tabiiy holda 88 
element mavjudligi aniqlangan, 17 tasi laboratoriyalarda hosil qilingan.
Molekula
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarra. Molekulalar 
atomlardan tashkil topadi. Moddalarda molekulalar bir xil atomlardan 
yoki har xil atomlardan tashkil topadi. Lotincha moles – massa degani.
Diffuziya
Bir modda molekulalarining ikkinchi moddaga, ikkinchi modda 
molekula larining birinchi moddaga o‘zaro o‘tishiga aytiladi. Gazlarda
tez, suyuqliklarda sekin, qattiq jismlarda juda sekin boradi. 
Temperatura ortishi bilan tezlashadi. Lotincha diffuzio – tarqalish, 
sochilish degani.
Broun 
harakati
Suyuqlik yoki gazdagi juda kichik zarralarning to‘xtovsiz va tartibsiz 
ha ra kati. Bu harakat temperatura ortishi bilan ortadi. Hodisa 1827-
yilda ingliz bota nigi R. Broun tomonidan o‘rganilgan.
Molekular
kuchlar
Molekulalar orasidagi o‘zaro tortishish va itarishish kuchlari. Juda 
qisqa maso fada namoyon bo‘ladi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin