Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
22
22
8-rasm.
Qattiq jismlarda ham diffuziya hodisasi 
kuza tiladi.
Shunday tajriba o‘tkazishgan. Juda 
yaxshi silliqlangan qo‘rg‘oshin va oltindan 
yasalgan ikkita plastinani olib, bir-birining 
ustiga qo‘ yishgan. Ular ustidan yuk bostirib, 
xona tem peraturasida 4–5 yil qoldirishgan. 
Shundan so‘ng ularni olib qaralsa, plas-
tinalar bir-biriga taxminan 1 mm kirishib ketganligi kuzatilgan.
Misr piramidalari yo‘nilgan tosh lardan taxlab quril gan. Lekin bu toshlar 
tutashgan joylaridan yomg‘ir ich karisiga o‘tmaydi. Chunki ming yillab bir-
biriga yuk ostida tegib tur ganligidan tegish qatlamlari o‘zaro diffu ziyalanib 
ketgan.
Demak, diffuziya hodisasi gazlar 
da tezroq, suyuqliklarda sekinroq, 
qattiq jismlarda juda sekin boradi.
Diffuziyaning borish tezligi temperaturaga ham bog‘liq. Temperatura 
ortishi bilan diffuziya tezlashadi.
Diffuziya hodisasi tabiatda muhim rol o‘y 
naydi. Masalan, diffuziya 
tufayli havoga sanoat 
dan chiqqan zaharli gazlar tarqalib ketadi. Nafas 
chiqarilganda chiqqan karbonat angidrid gazi ham burun atrofi da to‘planib 
qolmaydi. Sabzavotlarni tuzlash ham diffuziya hodisasiga asoslangan 
(8-rasm). Diffuziya inson va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. 
Masalan, havodagi kislorod diffuziya tufayli inson terisi orqali organizmga 
kiradi. Diffuziya tufayli oziqlantiruvchi moddalar hayvonlar ichagidan 
qonga o‘tadi.
Amaliy topshiriq
1. Stakanga suv quying va unga sekin eriydigan qand bo‘lagini 
tashlang. Suvni aralashtirmay uni asta-sekin tatib ko‘ring. Vaqt o‘tishi 
bilan uning shirinligi o‘zgarishini aniqlang.
2. Piyolaga issiq choy quyib, unga choy qoshiqda shakar solib aralash-
tiring. Asta-sekin oz-ozdan yana shakar solib, choyda erishini kuzating. 
Shakarning ma’lum miqdoridan so‘ng solingan shakar erimay qoladi. 
Sababi haqida o‘ylab ko‘ring.


23
1. Diffuziya hodisasining sababi nimada?
2. Nima sababdan temperatura ortishi bilan diffuziyaning borishi tezlashadi?
3. Gazlar, suyuqliklar va qattiq jismlarda kuzatiladigan diffuziya hodisasiga 
misollar keltiring.
4. O‘zaro aralashmaydigan suyuqliklarni bilasizmi?

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin