I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
16
16
6-MAVZU
MOLEKULALAR VA ULARNING O‘LCHAMLARI
Sizga ma’lumki, har bir moddaning o‘ziga xos xususiyati bor. Masalan,
shakar – shirin, tuz – sho‘r va h.k. Shakarni olib, hovonchada maydalaylik.
Maydalangan kukunni yalab ko‘rsak, shakar mazasi qolganligini sezamiz.
Oldingi mavzuda aytilganidek, uni yanada mayda bo‘laklarga bo‘lib borsak
shirin maza saqlanib qoladimi? Tajribalar ko‘rsatadiki, moddaning xossasi
uning zarrasi ma’lum o‘lchamgacha bo‘linsa, saqlanib qoladi.
Modda xossasi saqlanib qoladigan eng kichik zarraga molekula
deyi ladi.
Molekula (lotincha
moles
–
massa) bitta atomdan yoki bir necha
atomdan tashkil topishi mumkin. Masalan, suv molekulasi 3 ta atomdan
tashkil topgan. Unda 1 ta kislorod va 2 ta vodorod atomi bor (4-rasm).
4-rasm.
Biz nafas oladigan kislorod molekulasi ikkita bir xil kislorod atomidan
iborat. Nafas chiqarganda chiqadigan karbonat angidrid gazi esa
bitta
uglerod va ikkita kislorod atomidan tashkil topgan. Har bir atom va
molekulani o‘ziga xos harfl ar va raqamli harf bilan belgilash qabul
qilingan. Masalan, kislorod atomini – O harfi bilan, molekulasi ikkita
atom
dan
tashkil topganligi uchun O
2
shaklida belgilanadi. Karbonat
angidrid molekulasi – CO
2
, suvniki – H
2
O ko‘rinishda bel gilanadi.
Shunga ko‘ra suv molekulasini atomlarga ajratsak, ikkita vodorod va
bitta kislorod atomi alohida holatda suv xossasini bermaydi. Juda ko‘p
atomlardan tashkil topgan molekulalarda atomlarning o‘zaro joylashishi
17
ham uning xossalarining o‘zgarishiga sabab bo‘lar ekan.
Hatto aynan bitta
nomdagi atomlardan ba’zilari ichki tuzilishi bilan boshqasidan farq qilishi
mumkin ekan.
Tabiatda aynan bir xil jismlar yo‘q. Hattoki egizaklar ham nimasi
bilandir farq qiladi. Shu farqlari bilan ota-onasi ularni ajratib oladi. Lekin
aynan bitta moddaning molekulalari bir-biridan farq qilmaydi. Masalan,
tarvuzdan, dengiz suvidan bug‘lantirib tozalangan suv molekulasi,
buloq
suvidan olingan molekula dan farq qilmaydi.
Atom va molekulalar juda kichik bo‘l ganligidan ko‘z bilan ko‘rib
bo‘lmaydi. Uni hatto oddiy mikroskop tugul, eng yaxshi optik mikroskop
(eng kichik ko‘rish o‘l
chami 0,000002 mm) da ham ko‘rib bo‘l
maydi.
Unda uning o‘lchamlarini qanday qilib o‘l
chaymiz? Bir qarashda uni
baja rib bo‘lmaydi gandek ko‘rinadi. Shunday tajriba o‘tkazaylik.
Kengroq
idish (tarelka)ga suv solib, unga bir tomchi yog‘ tomizaylik. Shunda yog‘
tomchisi suyuqlik sirti bo‘ylab yoyilib ketadi. Chunki eng ustki qatlamdagi
molekulalar «toyib» ketib yoniga, undan keyingi
qatlamdagilar ham xuddi
shunday yoniga tushib yoyiladi. Oxirida faqat bitta qatlam qoladi. Yoyilgan
yog‘ tom chisi doira shaklida bo‘lsa, uning diametri shtan gensirkul bilan
o‘lchanib, yuzasi
S hisoblanadi (5-rasm). Bitta tomchi hajmini aniqlash
uchun alohida kichik menzurkaga 50–100 tomchi yog‘ tomizilib, hajmi
V
belgilanadi. Shunda tomchi hajmi
bo‘ladi,
n – tomchilar soni.
Yoyilgan tomchi hajmi
V
1
=
d ּ S ga teng bo‘lganli gidan yog‘ qatlamining
qalinligi
bo‘ladi. Bundan qatlam qalinligi
yoki molekula diametri
hisoblab ko‘rilsa
d
=
0,0000002 mm ga teng bo‘ladi. Hozirgi zamon
usullari bilan o‘lchangan molekulalar diametrlari
ham shu tartibda ekanligi aniqlangan. Bu raqamning
kichkinaligini quyidagi misolda ko‘rish mumkin.
Bir dona vodorod molekulasini kattalashtirib, olma
ko‘rinishiga olib kelinsa, Yer
olmadan necha marta
katta bo‘lsa, olma vodorod molekulasidan taxminan
shuncha marta katta bo‘lar edi.
Dostları ilə paylaş: