I bob. Modda tuzilishi haqida dastlabki ma’lumotlar
18
18
Hozirgi kunda maxsus elektron mikroskoplar yordamida katta o‘lcham-
dagi molekulalar bilan birga ayrim atomlarning
rasmini ham olish
mumkin. Vodorod atomining o‘lchami 0,00000012 mm ga, molekulasining
o‘lchami esa 0,00000023 mm ga teng. Oqsil molekulasining o‘lchami
0,0043 mm atrofi da ekan.
1. Atom va molekula bir-biridan nimasi bilan farq qiladi?
2. Molekula tarkibida nechta atom borligini qanday bilish mumkin?
3. Molekula kattami yoki bakteriyalarmi? Bakteriya o‘lchamini botanika yoki
zoologiya kitoblaridan qarab solishtirib ko‘ring.
7-MAVZU
MOLEKULALARNING O‘ZARO TA’SIRI
VA HARAKATI. BROUN HARAKATI
Xonada atirni ochib bir tomchisini qo‘lga yoki kiyimga tomizaylik. Bir
ozdan so‘ng uning hidini boshqalar ham sezishadi. Quruq
naftalinni berk
idishdan olib stolga qo‘ysak, uning hidini ham sezamiz. Ma’lumki, hidni
sezish uchun atir yoki naftalinning zarralari burnimizga yetib kelishi kerak.
Demak, atir yoki quruq naftalin zarralardan tashkil topishidan tashqari bu
zarralar harakatda bo‘lar ekan.
Xona sovub ketsa, undagi pechkaga gaz,
ko‘mir yoki o‘tin yoqamiz. Pechkaning og‘zi berk bo‘lsa-da, xona isiydi.
Pechkadagi issiqlik xonaning barcha burchaklariga qanday yetib boradi?
Bunda ham havo zarralarining harakat qilishi tufayli issiqlik uzatilar ekan.
Agar suyuqlikni tashkil etuvchi molekulalar harakatda bo‘lma ganida, daryolar
va ariqlarda suv oqmas edi. Xo‘sh, gazlarda, suyuq liklarda mole kula larning
harakat qilishlariga ishonch hosil qildik. Qattiq jismlarda
ham zarralar
harakatda bo‘ladimi? Buning uchun quyidagi tajribani ko‘raylik (6-rasm).
Metalldan yasalgan shar olaylik. Simdan shar tegib o‘tadigan halqa yasaylik.
Halqa orqali sharni bir necha marta o‘tkazib ko‘ramiz. Shundan so‘ng
sharni qizdiramiz. Endi halqadan sharni o‘tkazmoqchi bo‘lsak, o‘tmaydi.
Molekulalar harakati tufayli qizigan shar kengayib qolar ekan. Shunday savol
tug‘iladi: moddalarni tashkil etgan zarralar qanday harakatlanadi?
19
6-rasm.
Molekulalar harakatini birinchi bo‘lib kuzatgan odam ingliz botanigi
Robert Broun edi. U 1827-yilda qurigan barglarni
yaxshilab maydalab
suyuqlikka soladi va mikroskopda kuzatadi. Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki,
maydalangan barg zarralari to‘x
tov
siz harakat qilar ekan. Ular uchun
kechasimi, kunduzimi yoki qishmi,
yozmi bari bir, harakat to‘xtamas ekan.
Bundan tashqari, zarralar harakati mutlaqo tartibsiz. Buni tushunish uchun
shunday voqeani ko‘z oldingizga keltiring. Sinfga pufl
angan bir nechta
turli rangli sharlarni qo‘yib yuboraylik. Bolalar ularni turtib o‘ynasin.
Shunda qizil shar 2 s dan keyin qayerda bo‘lishini ayta olamizmi?
Albatta yo‘q. Chunki sharlar harakati turtkilar tufayli tasodifi y bo‘lib,
tartibsiz holda bo‘ladi. Shunga o‘xshash,
suyuqlik molekulalari barg
zarrasi bilan to‘xtovsiz to‘qnashib turishi tufayli harakati tartibsiz
bo‘ladi. Demak, moddani tashkil etgan molekulalar to‘qnashuvlar tufayli
to‘xtovsiz va tartibsiz harakatda bo‘ladi.
Molekulalarning to‘xtovsiz
Dostları ilə paylaş: