39
14-MAVZU
MASSA VA UNING BIRLIKLARI
Siz kundalik turmushda ota-onangiz bilan yoki o‘zingiz bozorga
borgansiz, albatta. Bozorda sotilayotgan ko‘pgina oziq-ovqat mahsulotlarini
tarozida o‘lchab sotilishini ham bilasiz. Tarozi yordamida jismlar va
narsalarning qanday kattaligi o‘lchanadi? Buni tushunish uchun quyidagiga
e’tibor beraylik. Qum ortilgan bolalar o‘yinchoq avtomobilini joyidan
qo‘zg‘atish osonmi yoki qum ortilgan rosmana avtomobilnimi? Bir tekis
g‘ildirab kelayotgan o‘yinchoq avtomobilni ushlab to‘xtatish osonmi
yoki rosmana avtomobilnimi? Albatta, har biringiz savolga o‘yinchoq
avtomobilni deysiz. Boshqa misol olaylik. Sellofan xaltaga solingan
shakarni ko‘tarish osonmi yoki bir qop shakarnimi? Bunda ham xaltadagi
degan to‘g‘ri javobni olamiz. Demak, jismlar tinch turgan bo‘lsa, uni bu
holatdan chiqarish uchun ta’sir ko‘rsatish kerak. Xulosa qilib aytsak, jismlar
yoki narsalar tinch turgan holatini saqlashga intilar ekan. Jismlar xuddi
shunday harakat holatini ham saqlashga urinadi. Jismlarning tinch yoki
harakat holatini saqlash qobiliyatiga
inertlik deyiladi. Lekin bu qobiliyat
turli jismlarda turlicha. Bu qobiliyatni o‘lchash uchun
massa deb ataluvchi
fi zik kattalik o‘ylab topilgan. Jismning inertlik xossasini xarakterlovchi
fi zik kattalikka jismning
massasi deyiladi. Jism massasini o‘lchashning
usullari ko‘p. Shulardan hammaga ma’lumi tarozi yordamida o‘lchashdir.
Amaliyotda ishlati ladi gan tarozilar turli tipda bo‘ladi: o‘quv, analitik, elekt-
ron va h.k. 14-
a rasmda o‘quv (shayinli),
b-rasmda esa elektron tarozi
keltirilgan. Yuqorida aytganimizdek, massa birligi 1 kilogramm bo‘lib,
namunasi Parij yaqinidagi Sevr degan shaharchada saqlanadi (13-rasm).
Namuna silindr shaklida bo‘lib, balandligi va diametri 39 mm atrofi da.
Undan 40 ta nusxa tayyorlanib turli mamlakatlarga tarqatilgan.
Jism massasining ko‘p yoki kamligi, un
dagi moddaning yoki
narsalarning ko‘p-kamligiga bog‘liq. Masalan, bir qop yong‘oq ning massasi
bir xalta yong‘oq nikidan, 1 che lak suvning massasi 1 piyola suvnikidan
ko‘p.
Dostları ilə paylaş: