kElektr oʻtkazuvchanlik — tashki elektr maydon taʼsirida moddada elektr zaryadlarning koʻchishini ifodalaydigan tushuncha; jismning elektr tokini oʻtkazish xususiyati va bu xususiyatni miqdoran ifodalaydigan fizik kattalik. Elektr tokini oʻtkazadigan jismlarni oʻtkazgichlar deyiladi. Oʻtkazgichlarda doimo erkin zaryad eltuvchilar — elektronlar va ionlar boʻladi (ana shularning tartibli yoʻnalgan harakatlari elektr toki hisoblanadi). Elektr oʻtkazuvchanlik miqdor jihatdan oʻtkazgichdagi elektr maydon kuchlanganligi bir birlik boʻlganda undan oʻtayotgan tok zichligi bilan aniklanadi. Yarimoʻtkazgichlar va dielektriklarda elektronlarning zonalarda energetik sathlar boʻyicha joylashishi bir xil, lekin taqiqlangan zonaning kengliligi dielektriklarda kattaroq. Yarimoʻtkazgichlarda elektronlar issiqlik energiyasi hisobiga taqiqlangan zona orqali boʻsh zonaga oʻta oladi.