49
Jismlarning o‘zaro ta’siri haqida ma’lumotlar. Kuch
Uyga topshiriq
Jadvaldagi zichliklarga ko‘ra jismlarning
qanday materialdan yasal-
ganligini aniqlashga harakat qiling.
1. Parallelepipeddan tashqari yana qanday shakldagi jismlarning hajmini
chizg‘ich bilan aniqlasa bo‘ladi?
2. Suyuqliklar zichligini aniqlash usuli haqida taklifi ngizni ayting.
3. Qanday ko‘rinishdagi moddaning zichligini tashqaridan ta’sir etib o‘zgar-
tirish mumkin?
•
Qattiq jismga nisbatan «ancha» og‘ir bo‘lgan
suyuqlikni
bilasizmi? Bunday suyuqlikni 3 litrli shisha idishga solib
berishsa, ko‘tarib keta olmaysiz. Chunki uning massasi 40 kg
dan oshib ketadi. Bu suyuqlik – simobdir.
•
Quyosh markazida zichlik 16 000 kg/m
3
ga boradi (jadvaldagi
eng katta zichlikka ega bo‘lgan iridiy bilan solishtiring.
ρ = 22 400 kg/m
3
). Yuzasida esa 0,0001÷0,00001 kg/m
3
ga teng.
Bu esa atrofi mizdagi havoning zichligidan 10 000÷100 000 marta
kichik deganidir.
•
Yerning o‘rtacha zichligi 5 520 kg/m
3
ga teng.
Dostları ilə paylaş: