Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar


-MAVZU JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA



Yüklə 1,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/124
tarix20.06.2022
ölçüsü1,9 Mb.
#61845
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124
6-sinf. Mexanik hodisalar jismlarning muvozanati oddiy mexanizmlar

18-MAVZU
JISMLARNING O‘ZARO TA’SIRI HAQIDA 
MA’LUMOTLAR. KUCH
Atrof-muhitga qarasangiz, hamma narsa bir-biriga ta’sir ko‘rsatganligini 
ko‘ramiz.
Yuqoriga otilgan tosh yana qaytib Yerga tushadi. Chunki uni Yer 
o‘ziga tortib turadi. Temir bo‘lagiga magnitni yaqinlashtirsak, uni tortib 
oladi. Koptokni devorga otsak, undan sapchib qaytadi. Yurib ketayotgan 
avtomobil motori o‘chirilsa, biroz yurib to‘xtaydi. Bunda yo‘l bilan 
g‘ildiraklar orasidagi ta’sir tufayli tezligi kamayadi. Bu ta’sirlashishlar 
tufayli jismning tezligi o‘zgaradi.


II bob. Mexanik hodisalar
50
50
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli 
o‘zga radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa, yalpayib shakli 
o‘zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zga-
rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (23-rasm). Jismlarni 
Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi. Bir jism ustida 
ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi 
vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik 
kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan 
prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga 
ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi. 
Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko‘rasiz. 
Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida 
o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografi ya kursidan Yerning Quyosh atrofi da harakat 
qilishini, Oyning esa Yer atrofi da harakatlanishini bilasiz. Bunday hara-
katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir.
Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga 
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon 
va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi miy magnitlar temir buyumlarni o‘ziga tortadi. 
Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan zarralar orasi da ham, 
zarra larning ichida ularni tash kil qilgan, undan ham mayda zarrachalar 
orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch 
lar haqida yuqori sinfl arda 
ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida 1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mash hur 
ingliz olimi Isaak Nyuton sharafi ga qo‘yilgan.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin