II bob. Mexanik hodisalar
50
50
Plastilin yoki saqichni olib, barmoqlarimiz bilan qissak, uning shakli
o‘zga radi. Xuddi shunday mis tangani bolg‘a bilan urilsa,
yalpayib shakli
o‘zgaradi.
Bir jismning ikkinchi jismga ta’siri tufayli tezligi yoki shakli o‘zga-
rishiga sabab bo‘ladigan kattalik kuch deb ataladi.
Tabiatda kuchlar turli ko‘rinishda namoyon bo‘ladi (23-rasm). Jismlarni
Yer o‘ziga tortib turgani tufayli og‘irlik kuchi paydo bo‘ladi. Bir jism ustida
ikkinchisi harakatlansa, yuzalar g‘adir-budurligi tufayli ishqalanish kuchi
vujudga keladi. Cho‘zilgan yoki siqilgan prujina va rezinalarda elastiklik
kuchlari hosil bo‘ladi. Bolalar o‘yinchoq to‘pponchalarida ko‘proq siqilgan
prujinadan foydalaniladi.
Bir jism ikkinchisiga ta’sir ko‘rsatganda, ikkinchi jism ham birinchisiga
ta’sir ko‘rsatadi. Jahl bilan stolga musht tushirsangiz, stol usti biroz egiladi.
Shu bilan birga undagi ruchka va qalamlar tepaga sapchiganini ko‘rasiz.
Bunda qo‘lingiz ham og‘rib qoladi, albatta. Demak, ikki jism orasida
o‘zaro ta’sir bo‘lar ekan.
Boshlang‘ich geografi ya kursidan Yerning Quyosh atrofi da harakat
qilishini, Oyning esa Yer atrofi da harakatlanishini bilasiz. Bunday hara-
katning sababchisi ular orasida tortishish kuchlarining mavjudligidir.
Soch taralgandan so‘ng, taroqni may da yirtilgan qog‘oz parchalariga
yaqin lashtirilsa, ularni tortib oladi. Uni elektr kuchi deyiladi. Taqasimon
va to‘g‘ri ko‘rinishdagi doi miy magnitlar temir buyumlarni o‘ziga tortadi.
Uni magnit kuchi deyiladi. Moddalarni tashkil etgan zarralar orasi da ham,
zarra larning ichida ularni tash kil qilgan, undan ham mayda zarrachalar
orasida ham kuchlar mavjud. Bu kuch
lar haqida yuqori sinfl arda
ma’lumotlar olasiz.
Kuch birligi sifatida
1 Nyuton (N) qabul qilingan. Bu birlik mash hur
ingliz olimi
Isaak Nyuton sharafi ga qo‘yilgan.
Dostları ilə paylaş: