quvvat tu
shunchasini kiritamiz. Quvvat deganda biror vaqt bo‘lagi
ichida (1 sekundda) bajarilgan ish tushuniladi. Quvvatni N bilan
belgilasak, uni topish uchun bajarilgan ishni, shu ishni bajarish uchun
ketgan vaqtga bo‘lish kerak.
II bob. Mexanik hodisalar
76
76
N – quvvat, A – ish, t – vaqt.
Quvvat birligi sifatida vatt (W) qabul qilingan.
.
Bu birlik bug‘ mashinasini birinchi bo‘lib o‘ylab topgan ingliz
ixtirochisi J. Uatt (Watt) sharafi ga qo‘yilgan.
Kundalik turmushda avtomobil dvigatellarining quvvatini ot kuchi
(o. k.) deb ataladigan birlikda ham o‘lchanadi. Bu bilan mashina motorining
quvvati yuk tortuvchi otning kuchi bilan taqqoslanadi.
1 o.k. = 735,5 W.
Odam
quvvati
70–80 W
«Neksiya»
avtomobili
75 kW
TE 10 L
teplovozi
2200 kW
IL–62
samolyoti
30600 kW
Kosmik kemani
uchiruvchi
«Energiya» raketasi
125 000 000 kW
1. Mashina dvigatelining quvvatini bilgan holda, uning berilgan vaqtda qan -
cha ish bajara olishini qanday hisoblash mumkin?
2. Quyosh energiyasidan foydalanib ishlaydigan qanday qurilmalarni bilasiz?
3. Kundalik turmushdan quvvatga doir misollar keltiring.
7-mashq
1. Uyingizdagi chang yutgich, sovutgich, televizor va shunga o‘xshash
asboblarning pasportini qarab, iste’mol quvvatini aniqlang. Ularning bir
kunda ishlatiladigan vaqtiga ko‘ra bajargan ishini hisoblang.
2. Xonadagi ventilyatorning quvvati 35 W. Uning 10 min. da bajargan
ishi nimaga teng? (Javobi: 21 kJ.)
|