II bob. Mexanik hodisalar
72
72
48-rasm.
49-rasm.
Mexanik ish formulasiga ko‘ra jismga kuch ta’sir etsa-da, ko‘chish
bo‘lmasa ish bajarilmaydi. Kitob to‘la papkangizni qo‘lingizda ko‘tarib,
ancha vaqt o‘rtog‘ingizni kutib tursangiz ham mexanik ish bajarmagan
bo‘lasiz. Chunki s = 0 bo‘lganligidan A = F · 0 = 0 chiqadi.
Yuqorida aytganimizdek, «mehnat»ni mexanik ishdan farqlash
lozim. O‘qi tuvchining dars o‘tishi, vrachning kasalni davolashi, maktab
direktorining ishlarni boshqarishi mehnat qilishga kiradi. Hamma jism lar
ham ish bajara oladimi?
Jismlarning ish bajara olish qobi liyatiga energiya deyiladi.
50-rasm.
Uni tushunish uchun quyidagi holatni
qaraylik. 50-rasmda bolg‘aning mixga nisbatan
ikkita ho lati ko‘rsatilgan. Birinchi holatda mixga
urilgan bolg‘a
ning ta’siri juda kichik bo‘lgan-
ligidan mix taxtaga kirmaydi hisob. Ikkinchi
holatda esa bolg‘a ancha balanddan tushib mixga
urilganligidan mix ni taxtaga kiritib yuboradi.
Demak, bolg‘aning ikkinchi holatda ish bajara olish qobiliyati ko‘p.
Energiya ham ish kabi joullarda o‘lchanadi.
Masala yechish namunasi
Aravacha gorizontal yo‘nalgan 50 N kuch ta’sirida 20 m siljidi.
Bajarilgan ishni hisoblang.
B e r i l g a n:
F o r m u l a s i:
Y e c h i l i s h i:
F = 50 N
s = 20 m
A = F · s
A = 50 N · 20 m = 1000 J.
Topish kerak
A = ?
Javobi: A = 1000 J.
73
Ish va energiya haqida tushuncha
O‘ylab ko‘ring. Qaysi hollarda mexanik ish bajarilmoqda?
O‘ylab ko‘ring. Qaysi hollarda mexanik ish bajarilmoqda?
51-rasm.
6-mashq
1. Massasi 1250 kg bo‘lgan granit plitasini 20 m balandlikka ko‘tarishda
bajarilgan ishni hisoblang (Javobi: 245 kJ).
2
*
. Jismga ko‘chish yo‘nalishida 20 N, ko‘chishga tik yo‘nalishda 10 N
kuch ta’sir etmoqda. Bunda jism 10 m ga siljidi. Bajarilgan ishni hisoblang
(Javobi: 200 J).
3. Massasi 50 kg bo‘lgan bola har qavatining balandligi 2,5 m bo‘lgan
uyning 4-qavatiga chiqdi. Bola bajargan ishni hisoblang. g ≈ 10
deb
oling (Javobi: 3750 J).
4
*
. Aravacha va undagi yuk massasi birgalikda 100 kg. Uni 500 N kuch
ta’sirida 10 m ga siljitildi. Bajarilgan ish nimaga teng? (Javobi: 5000 J).
|