8
davrida ham) topshiriq beradi. Topshiriqning shakli oliy o’quv yurtining o’quv
bo’limi tomonidan belgilanadi. Topshiriq malakaviy ish bilan birgaliqda Davlat
attestatsiya komissiyasiga taqdim etiladi.
3. Malakaviy ishni bajarishga
rahbarlik qilish
Malakaviy ishlarga rahbarlar ushbu oliy o’quv yurtining professor va
dotsentlari yoki ilmiy xodimla-ri boshqa muassasa malakali mutaxasislari safidan
tayinlanadi.
Malakaviy ish rahbari:
topshiriq beradi;
malakaviy ishning bajarilish jadvalini rejalashtiradi;
asosiy adabiyotlar, ma`lumot va arxiv materiallarini hamda mavzu bo’yicha
boshqa manbalarni tavsiya etadi;
talabalar bilan muntazam ravishda konsultatsiyalar o’tkazadi;
malakaviy ishning bajarilish jarayonini nazorat etadi;
talaba bajargan malakaviy ishning sifati va muallifligiga javob beradi,
mavzularining qaytarilishiga yoki ko’chirilishiga yo’l qo’ymaydi.
Malakaviy ish rahbarining taklifiga binoan, kafedra malakaviy ishga rahbarlik
qilishga ajratilgan vaqt byudjeti hisobidan ishning ayrim bo’limlari bo’yicha
konsultantlarni taklif etishi mumkin.
Malakaviy ishning bo’limlari bo’yicha konsultantlar etib, oliy o’quv
yurtlarining
professorlari va dotsentlari, ilmiy xodimlari hamda ilmiy tekshirish
institutlarining xodimlari tayinlanishi mumkin. Konsultantlar talaba bajargan
ishning muvofiq qismini tekshiradilar.
Mutaxassis chiqaruvchi kafedra malakaviy ishga qo’yiladigan majburiy
talablar hajmini belgilagan holda malakaviy ishni bajarish bo’yicha uslubiy
qo’llanmalarni ishlab chiqadi va talabalarni ta`minlaydi.
Malakaviy ish berilgan topshiriq asosida shaxsan talaba tomonidan bajariladi.
Malakaviy ishning har bir bo’limi muvofiq asoslar, qarorlar va xulosalar bilan
yoritiladi. Malakaviy ishda, ilgari bajarilgan mustaqil ishlarning natijalari yoki
boshqa mualliflarning (ilmiy ma`ruzalar
va maqolalari, kurs ishlari va loyihalari,
9
albatta, nomlari ko’rsatilgan hodda) ishlari aks ettirilishi yoki ulardan foydala-nish
mumkin.
Tushuntirish qismi (poyasnitel`naya zapiska) malakaviy ishning mazmunini
qisqa va muayyan shaklda ifodalashi lozim Zaruriy hollarda tushintirish qism-ga
rasmlar, diagrammalar va boshqalar, shuningdek, zaruriy qo’shimcha axborot
yozilgan disketlar ilova etilishi mumkin.
Tushuntirish qismi qo’l yozma tarzida rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Tushuntirish qismi kamida 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi.
Mavzu bo’yicha
olingan natijalar diagrammalar, rasmlar shaklida DTSlar
talablariga qat`iy muvofiq kelishi zarur.
Kafedraning tavsiyasiga binoan malakaviy ish chet tillarning birida bajarilishi
mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va
himoya vaqtida tarjima ta`minlanadi.
4. Malakaviy ishning bajarilishi
Malakaviy ish oliy o’quv yurtining, odatda, ushbu maqsadda maxsus ajratilgan
xonalarida bajariladi. Kafedra tomonidan tuzilgan shartonoma asosida O’zRFA
“Botanika” Ilmiy ishlab chiqarish markazi, O’zRFA “Mikrobiologiya”
instituti,
O’zRFA “Biokimyo” instituti, O’zRFA Fiziologiya va biofizika institutlarida
bajarilishi mumkin.
Malakaviy ishning bajarilishi bo’yicha talabaning hisobot berish muddatlarini
dekanat nazorat etadi. Dekanat belgilagan muddatlarda, talaba malakaviy ishning
bajarilishi haqida rahbar va kafedra mudiri oldida hisobot beradi. Kafedra mudiri
malakaviy ishning tayyorlik holatini belgilaydi.
Talaba ish muallifi, tanlangan qarorning to’g`riligiga va uning topshiriqqa
muvofiqligiga, malakaviy ishda ko’chirmachilik holatining yo’qligiga
javob
beradi.
5. Malakaviy ishni himoya qilish
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan malakaviy ish talaba tomonidan
rahbarga taqdim etiladi. Rahbar, malakaviy ish talab darajasida bajarilganligiga
ishonch bildirgandan so’ng, ishni o’z taqrizi bilan birga kafedra mudiriga
taqdim
10
etadi. Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va
malakaviy ishning boshqa ijobiy tomonlari tavsiflanadi. Kafedra mudiri, taqdim
etilgan materiallar asosida, malakaviy ishni talaba tomonidan DAK da himoya
qilishga kiritish haqida qaror qabul qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning
malakaviy ishini himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. Kafedra majlisining bayonnomasi
fakultet dekani tomonidan tasdiq uchun rektorga taqdim etiladi.
Himoyaga kiritilgan malakaviy ish taqrizga yuboriladi.
Taqrizchilar tarkibi bitiruvchilarni ilmiy yo’nalishi bo’yicha
mutaxassislari
tanlanadi
.
Taqrizchilar sifatida oliy o’quv yurtlarining professor va o’qituvchilari
ham jalb etilishi mumkin.
Fakultet dekani malakaviy ishni taqriz bilan himoya uchun DAK ga yuboradi.
Bitiruv malakaviy ishni himoya qilish tartibi O’zbekiston Respublikasi oliy
o’quv yurtlari bitiruvchilarini yakuniy davlat attestatsiyasi to’g`risidagi Nizomda
belgilangan.
Malakaviy ish himoyadan so’ng (kamida 10 yil) oliy o’quv yurtida saqlanadi.
Har xil sabablar bo’yicha malakaviy ishni boshqalarga topshirish zaruriyati mavjud
bo’lgan holda (tadbiq etish, tanlovlar va hakozo), ishdan nusxa olinadi (ishning asl
nusxasi oliy o’quv yurtida qoldiriladi).
Dostları ilə paylaş: