12
standartlarida belgilangan talablarga asoslangan holda, zamonaviy fan yutuqlari va
texnologiyalarini xisobga olgan xolda tuziladi.
Bitiruv malakaviy ishning asosiy vazifalari:
olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida ilmiy-
tadqiqot va amaliy ishlarda bilimlarni mustahkamlash;
mustaqil ma`lumotlarni izlash va muayyan muammolar yuzaga kelish
maqsadlarida vaziyatlarni o’rganishga bo’lgan bilimlarni egallash;
bitiruv malakaviy ishda qo’yilgan vazifalarni bajarishda tadqiqot,
tajriba-
sinov va loyihalash metodikalarini o’zlashtirganlik darajasini namoyish etish;
real sharoitlarda talabaning ishga tayyorgarlik darajasining namoyon
bo’lishi;
tanlangan mavzu bo’yicha kasbiy, pedagogik va psixologik kategoriyalar,
xodisalar va muammolar mohiyatini ochish;
mavjud materiallarni tizimlash, taxlil qilish, xulosa chiqarish;
mutaxassislik samaradorligini oshirishga yo’naltirilgan taklif va tavsiyalar
ishlab chiqish va h.k.lardan iborat.
Bitiruv malakaviy ish:
ilmiy tadqiqotning dastlabki ma`lumotlarini tizimlashtirilgan holda
saqlashi;
tanlangan mavzu bo’yicha tadqiqotning bajarilish yo’llari
va natijalarini
ifodalashi;
olingan mutaxassislik va biror ixtisos bo’yicha tayyorlash sohasida
mustaqil ilmiy-tadqiqot va amaliy ishlarni o’z ichiga olishi;
yangi dalillar va hodisalar yoki zamonaviy ilmiy nuqtai nazarlar bilan
avvaldan ma`lum bo’lgan shartlar umumlashtirilgan ma`lumotlarni o’z
ichiga
olishi;
munozarali va bahsga sabab bo’lgan xarakterdagi meteriallarni qamrab
olishi lozim.
Bitiruv malakaviy ishni bajarish jarayonida talaba turli ma`lumotlar
beradigan yordamchi adabiyotlar, davlat ta`lim standartlari, texnologik ko’rsatma
13
va me`yoriy hujjatlardan foydalanishni o’rganishi, mustaqil
ravishda hisob-kitob
va loyihalash ishlarini bajara olishi va turli jadval va sxemalar tuza olishi, fan va
texnikaning ilg`or yutuqlarini xisobga olgan xolda ta`lim jarayonlarini to’g`ri
tashkil eta olishi, yangi asbob-uskuna va jihozlarni tanlashi hamda texnologik
jarayonni loyihalay olishi lozim. SHu bilan birga o’rta maxsus ta`limi tizimi, soha
bo’yicha kasb-hunar kollejlari o’quv dasturlari va o’quv
rejalari bilan tanish
bo’lishi, mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi, pedagogika va psixologiya
fanlari, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini chuqur bilishi hamda
bu bilimlarini amalda qo’llay oladigan bo’lishi kerak.
Bitiruv malakaviy ish talabaning:
turli xil nuqtai nazarlarni hisobga olgan
holda kasbiy-pedagogik
masalalarning ko’prok maqbul variantlarini tanlashi va mantiqiy fikrlashi;
mavzuni aniq ifodalashi va uning dolzarblik darajasini baholashi;
qo’yilgan vazifalarni echishda tanlangan metodlarni asoslashi;
manbalar, adabiyotlar va boshqa lug`aviy-axborot materiallari bilan mustaqil
ishlashi;
ularni nazariy tahlil qilishi;
zarur dalillar, raqamli ma`lumotlarni
tanlashi, ularni tahlil qilishi va
sharhlashi, shuningdek, ularni jadval yoki boshqa illyustrativ shakllarda namoyish
etishi;
asoslangan xulosalar chiqarishi, ishning ilmiy natijalarini ifodalashi va
amaliy tavsiyalar berishi;
o’z
fikrlarini xatosiz, adabiy tilda bayon etishi, ishni to’g`ri
rasmiylashtirishi;
olingan
natijalar
taqdimotini
zamonaviy
axborot-kommunikatsion
texnologiyalarni qo’llagan holda o’tkazishi kabi mahorati to’g`risida dalolat berishi
lozim.
Dostları ilə paylaş: