Jamiyatda ekologik madaniyatning shakllanish omillari



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix20.06.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#61862
1   2   3   4   5   6
jamiyatda-ekologik-madaniyatning-shakllanish-omillari

 
KIRISH 
Ekologik madaniyat ham umumbashariy madaniyatning uzviy bir qismi. Uning 
shakllanish davri olis zamonlarga borib bog'lanadi. Ekologiya yunoncha so'z bo'lib, 
«oykos» - uy, «logos» - fan, ya'ni «tabiat uyi» bo'lmish borliqda yashayotgan tirik 
jonzotlarni o'rganuvchi ilm sohasi deganidir. Biz yurtimiz hududida bundan qariyb 
uch ming yil oldin zardushtiylik talimoti shakllangani, uning bosh kitobi «Avesto» deb 
atalishini bilamiz. Bu ta'limotda yerni, suvni asrash, hayvonlarga ozor yetkazmaslik 
haqida ko'pgina ibratli gaplar aytilgan. Chunki avlodlarimiz o'sha zamonlardayoq sen 


ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES 
VOLUME 1 | ISSUE 3 | 2020 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2020: 4.804 
Academic Research, Uzbekistan 1004  www.ares.uz 
bilan biz yashab turgan bu olam yagona vujuddan iborat ekani, bordi-yu uning biror 
a'zosiga ziyon yetkazilsa, butun tana, ya'ni jamiyki borliqda salbiy o'zgarishlar yuz 
berishini yaxshi tasawur etganlar. Chiqindi va axlatlarni duch kelgan joyga 
tashlamaslik, suvni va havoni bulg'amaslik kabi xalqimiz orasida bugungi kungacha 
saqlanib kelayotgan odatlarning ildizlari ham ana shu zamonlarga borib bog'lanadi. 
Yoki o'sha davrlarda shakllangan Navro'z bayramida tabiat bilan uyg'un yashash, yer, 
suv va osmonga, barcha tirik jonzotlarga mehr bilan qarash asosiy o'rin tutadi. Yoki 
ota-bobolarimizning muqaddas dini bo'lmish islomda tabiatdagi har bir hodisa 
Ollohning mo'jizasi sifatida e'tirof etilishi va ularga nisbatan avaylab munosabatda 
bo'lish g'oyasi targ'ib qilinadi. Bularning barchasi xalqimizning hamma zamonlarda 
ham o'ziga xos ekologik tafakkur va mada­niyat sohibi bo'lganini ko'rsatadi. Buyuk 
bobokalonimiz sohibqiron Amir Temurning ushbu fikri orqali tabiatga, atrof muhitga 
befarq bo'lmaganligini bilsak bo'ladi.
Hozirgi kunda ham ekologiyaga oid ko'plab chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. 
Konstitutsiyamizning 54,55-moddalarida tabiat muhofazaga olingan: 
54-modda:Mulkdor mulkiga o'z xohishicha egalik qiladi,undan foydalanadi va 
uni tasarruf etadi.Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar yetkazmasligi
fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan 
qo'riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart. 55-modda:Yer,yer osti boyliklari, 
suv,o'simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy 
boylikdir,ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.

Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin