33
5-mavzu. Rеlyatsion algеbra va rеlyatsion hisobot elеmеntlari
Reja
1. Munosabatlar ustida amallar.
2. Relyatsion ma‟lumotlar bazasini asosiy tushunchalari.
3. Relyatsion algebra va uning amallari.
4. Rеlyatsion hisoblash elеmеntlari va ulardan foydalanish.
Tayanch so‘zlar: dekard, kesishuv, birlashtirish, seleksiya, ayirma,
domen, relyatsion algebra, relyatsion hisoblash.
Munosabatlar ustida amallar. Munosabatlar
ustida har xil amallarni
bajarish imkoniyati mavjud. Relyatsion ma‟lumotlar modelini
xususiyatlaridan biri ma‟lumotlarni qayta ishlashni
relyatsion algebra
operatorlari (amallari) yordamida amalga oshirishdir. Relyatsion
algebrada quyidagi 8 ta operator keng ishlatiladi. Ulardan 4 tasi
an‟anaviy to`plamlar ustida bajarilishi mumkin bo`lgan amallardir.
An‟anaviy amallarga quyidagilar kiradi.
1. Birlashtirish
2. Kesishuv
3. Ayirma
4. Dekart ko`paytma
Maxsus amallarga esa quyidagilar kiradi.
1. Tanlash (seleksiya)
2. Proeksiya
3. Qo`shish
4. Bo`lish
Munosabatlar ustida
bajariladigan birlashtirish, kesishuv,
ayiruv
amallari operatorlarning tili yoki turi bo`yicha mosligini talab etadi.
Ikkita munosabat tipi bo`yicha mos keladi,
agarda ularda ekvivalent
munosabat sxemasi bulib:
ulardagi har bir daraja bir xil bo`lsa yoki ular bir xil atribut
to`plamiga ega bo`lsa;
sxema atributlarini
shunday tartiblash mumkinki, bir xil o`rinda
turib solishtirilayotgan atributlari bir xil domenda aniqlangan bo„lishi
kerak.
Birlashtirish amaliga quyidagi misol ko`rib chiqiladi. Ikkita guruh
jadvallari berilgan bo`lsin va bu jadvallar o`rtasida birlashtirish
amalini
34
bajarish talab etilsin.
5.1-jadval. 1-guruh haqida ma`lumot
Dostları ilə paylaş: