43
7-mavzu. Ma’lumotlar bazasini normallashtirish: 1NF, 2NF, 3NF va
Kodd normal formalari
Reja
1. Ma`lumotlar bazasini normallashtirish.
2. Funksional bog„lanishlar va ularning turlari.
3. Birinchi normal forma va uning talablari.
4. Ikkinchi normal forma va uning talablari.
5. Uchinchi normal forma va uning talablari.
6. Kodd normal formasi.
7. Bеrilgan
munosabatni bir
nеcha marta oddiy va kichik
munosabatlarga ajratish.
Tayanch iboralar: funksional bog„lanish, tranzitiv bog„lanish,
normal forma, normallashtirish, 1 NF, 2 NF, 3 NF.
Ma`lumotlar bazasida axborotlarni ko`payishi hisobiga dinamik
ravishda o„zgarib turadi. Unda yangi ma‟lumot elementlari qo„shiladi.
Ular orasida yangi aloqalar yoki bog„lanishlar o„rnatiladi va ularni qayta
ishlashni yangi usullari qo„llaniladi.
Bu jarayonda imkoni boricha
foydalanuvchi yaratgan MB bilan ishlash uchun yaratilgan dastur
ilovasini kam o„zgartirishga harakat qiladi.
Bu muammoni hal qilish
uchun ma‟lumot elementlarini asosli ravishda guruhlarga birlashtirish
va ular uchun kalitlarni aniqlash yo„li bilan hal qilinishi mumkin.
Hozirgi kunda axborot tizimlari ishlab chiqaruvchilar ma‟lumotlarni
uchinchi normal formada tasvirlab ishlatishni taklif etadilar.
Funksional
bog‘lanish
tushunchasi.
Relyasion
MBda
ma‟lumotlarni tuzilmasidan tashqari ularni
sxematik axborotiga ham
etibor beriladi. MBni tuzilmasi haqidagi axborot munosabat sxemasi
yordamida beriladi. Sxematik axborotlar
esa atributlar orasidagi
funksional bog„lanishlar orqali ifodalanadi. MB munosabatlarida
atributlarni tarkibini quyidagi talablarga javob beradigan qilib guruhlash
kerak:
Atributlar orasidagi zaruriy bo„lmagan takrorlanishlar bo„lmasligi
kerak.
Atributlarni guruhlaganda ma‟lumotlar
takrorlanishi minimal
darajada qilib ta‟minlanishi kerak. Bu bevosita ma‟lumotlarni tez qayta
ishlash imkonini beradi. Bunga normallashtirish jarayoni yordamida
erishiladi.
44
Normallashtirish deganda berilgan
munosabatni bir necha marta
oddiy va kichik munosabatlarga ajratish tushuniladi. Bu jarayonda
mumkin bo„lgan barcha funksional bog„lanishlar aniqlanadi.
Masalan A va B atributlar berilgan bo„lsin.
Agar ixtiyoriy vaqtda A
atributni bittadan ortiq bo„lmagan qiymati mos kelsa,
unda B atributda
funksional bog„langan deyiladi va quyidagicha belgilanadi:
A → B Shaxsiy raqam → Familiya
Bog„lanishlar
Mansabi → Maosh
7.1-jadval. Birinchi normal forma
Dostları ilə paylaş: