47
yordamida identifikatsiyalanadi. Dasturlar mantiqiy yozuvlarni kalitlar
yordamida aniqlaydi. Dastur uchun zarur bo„lgan ma‟lumotni mantiqiy
yozuv kalitlari yordamida fizik yozuvlarni adreslarini aniqlaydi. Dastur
uchun zarur bo„lgan ma‟lumotni mantiqiy yozuv kalitlari yordamida
fizik yozuvlarni manzillarini aniqlanadi. Kalit qiymatlari juda ko„p
bo„lganligi uchun mashina manzillar bilan munosiblikni aniqlash uchun
xilma – xil manzilash usulidan foydalaniladi. Kalit sifatida har bir
yozuvda
joylashgan
piksellangan
uzunlikdagi
maydonlardan
foydalaniladi. Ba‟zi hollarda kalit sifatida bir nechta maydon olinadi va
bunda ulangan kalitlar hosil qilinadi. Fayllardagi yozuvlarni bir qiymatli
aniqlash uchun albatta yagona kalit mavjud bo„lishi kerak va bunday
kalitlar birlamchi kalitlar deb ataladi.
Yozuvlarni manzillashning quyidagi usullari mavjud:
1. Fayllarni ketma – ket saqlash usuli. Har bir yozuv kaliti tekshiriladi.
Bunday usul ko„p vaqtni talab etadi.
2. Blokli qidirish. Agar yozuvlar kalit bo„yicha tartiblangan bo„lsa,
fayllarni skanerlashda har bir yozuvni o„qib chiqish talab etilmaydi.
Bunday hollada kerakli yozuvdarni topish uchun blokli qidirish usulidan
foydalaniladi. Bunda yozuvlar bloklarga guruhlanadi va har bir blok bir
martadan tekshiriladi, kerakli yozuv qidirib topilguncha.
3. Binar qidirish. Bunda soha o„rtasidagi yozuv topiladi va uning kaliti
qidirish tartibi bilan solishtiriladi. So„ngra qidirish sohasi ikkiga
ajratiladi va har bir yarmi alohida qidiriladi. Binar qidirish to„g„ridan –
to„g„ri murojaat qurilmalarida ishlatib bo„lmaydi.
Dostları ilə paylaş: